Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги


Chang cho‘ktirish kameralari


Download 1.8 Mb.
bet2/11
Sana06.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1751553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9 мавзу Газларни тозалаш усуллари

Chang cho‘ktirish kameralari



Og‘irlik kuchi ta’sirida changli gazlarni tozalash uchun davriy yoki yarim uzluksiz rejimda ishlaydigan turli chang cho‘ktirish kameralari ishlatiladi. Chang cho‘ktirish kameralari changli gazlarni (50-100 mkm) birlamchi tozalash uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalarning tozalash darajasi 40—50 % dan ortmaydi. Chang cho‘ktirish kameralarining o‘lchamlari ancha katta bo‘ladi. Qattiq zarrachalarning yaxshi cho‘kishi uchun gaz oqimining tezligi 3 m/s dan oshmasligi kerak. 7.1- rasmda chang cho‘ktirish kamerasining sxemasi ko‘rsatilgan.











7.1- rasm. Chang cho‘ktirish kameralari:
a - gorizontal kamera; b - ko‘p polkali kamera;
v - to‘siqli kamera; g - sim pardali kamera.

Eng oddiy tuzilishga ega chang cho‘ktirish kamerasi 7.1- rasm, a da ko‘rsatilgan. Changli gaz oqimi separatsion bo‘shliqda sekin harakat qiladi, qattiq zarrachalar esa chang yig‘adigan seksiyalardan biriga tushadi. Bunday konstruksiya oddiy tuzilishga ega bo‘lsa ham katta joyny egallaydi. Gaz oqimining sekin harakatini ta’minlash uchun separatsion kameraning hajmi ancha katta bo‘ladi.


Ko‘p polkali kamerada (7.1-rasm, b) separatsion bo‘shliq gorizontal polkalar yordamida bir necha seksiyalarga bo‘lingan. Bunday sharoitda chang zarrachasining cho‘kish vaqti ancha kamayadi. Changni chiqarish uchun polkalar qiya qilib joylashtiriladi. Polkalar qo‘zg‘otuvchi qurilmalar bilan ta’minlanishi mumkin.
To‘siqlari bo‘lgan kamerada (7.1-rasm, v) gravitatsion kuchdan tashqari inersion kuchdan ham foydalaniladi. Og‘irlik va inersion kuchlardan birgalikda foydalanish qurilmalarning tozalash darajasini ko‘paytirishga olib keladi.
7.1- g rasmda ko‘rsatilgan kameraning separatsion bo‘shlig‘ida
halqali yoki simli parda joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday pardalarga gaz oqimi
urilganda filtrlanish jarayoni yuz berib, chang ajraladi tasodifiy
turbulent oqimlar esa buziladi.
Inersion chang ushlagichlarda tozalash darajasini oshirish uchun og‘irlik kuchidan tashqari inersion kuchlardan foydalaniladi. Bunday holatda qurilmaning o‘lchami ancha kamayadi.
7.2-rasmda eng oddiy inersion chang ushlagichning sxemasi
ko‘rsatilgan. Inersion chang ushlagichning ishlash prinsipi
quyidagidan iborat: changli gaz oqimi yo‘nalishining birdan
o‘zgarishi paytida, qattiq zarrachalarning zichligi havo zichligiga
nisbatan taxminan 1000 marotaba katta bo‘lganligi sababli,
zarrachalar o‘z inersiyasi bilan oldingi yo‘nalishda harakatini
davom ettirib, gazdan ajralgandan so‘ng, chang yig‘gichga tushadi,
tozalangan gaz oqimi esa qurilmadan tashqariga chiqib ketadi.






Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling