Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги
-rasm. Siklon chizmasi. a-silindrli, b-konusli
Download 1.8 Mb.
|
9 мавзу Газларни тозалаш усуллари
Boshqacha aytganda, chang zarrachalari ventilatorga kirib, uni tezda ishdan chiqarishi mumkin. Siklon bilan bunker juda zich qilib o‘rnatilishi kerak, chunki ozgina miqdordagi havoning sistemaga tortilishi tozalash samaradorligini ancha pasaytiradi. Siklonda gaz tarkibidagi suv bug‘larining kondensatsiyaga uchrashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun gazning temperaturasi shudring nuqtasidan 10-25°S yuqori bo‘lishligi kerak. Buning uchun siklonlar tegishli izolyatsiya qatlami bilan qoplanadi, ayrim paytda ularning devorlari qizdiriladi. Umuman olganda, siklonlar tarkibida 400 g/m3 gacha qattiq faza tutgan changli gazlarni tozalash uchun ishlatiladi. Changli gazlarning tozalanish darajasi 30-85 % ga teng. Changli gaz aralashmalaridagi kattiq zarrachalarning diametri kattalashgan sari gazlarning tozalanish darajasi 90-95% gacha ortishi mumkin. Siklonlarda gaz aralashmalarining tozalanish darajasi ajratish koeffitsientga bog‘liq: ka = 2 / r g bu yerda r - siklon radiusi, m; - gaz oqimining tezligi, m/s. Siklon qurilmalar quyidagi afzalliklarga ega: tuzilishi sodda, harakatlantiruvchi qismlari yo‘k, foydalanish oson, ixcham va arzon. Bu siklonlarni turli jinsli suyuqlik sistemalarni ajratish uchun ham ishlatsa bo‘ladi. Bunda ular gidrosiklonlar deyiladi. Gidrosiklonlarni suspenziyalarni quyultirish va tozalash uchun, zarrachalarni o‘lchamiga ko‘ra fraksiyalarga ajratish va boshqa maqsadlar uchun ham ishlatish mumkin. Keyingi vaqtlarda gidrosiklonlar bilan bir qatorda multigidrosiklonlar va sentriklonlar sanoatda qo‘llanilmokda. Multigidrosiklonlarda kuchli markazdan qochma kuchlar maydoni hosil qilinadi, ularning diametri 10-15 mm ga teng. Sentriklonning silindrsimon qismiga esa elektr dvigatel yordamida aylanadigan rotor - parrak o‘rnatilgan bo‘lib, u kuchli markazdan qochma kuchlar maydonini yuzaga keltiradi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling