7.2. Transport vositalarini tormoz tizimini ko’rikdan o’tkazish.
Ishning maqsadi. Tormoz tizimining samaradorligini aniqlashda qo’llaniladigan asbob va qurilmalar bilan amalda tanishish va ular yordamida tormoz tizimining texnik qolatini tekshirish.
Topshiriq. 1. Tormoz tizimining samaradorligini belgilab beruvchi meyoriy qujjatlar bilan tanishish.
2. Tormoz tizimining samaradorligini baholashda qo’llaniladigan asbob va qurilmalar bilan tanishish.
3. Tormoz tizimining samaradorligini baholash.
Ishni bajarilish joyi. Qashqadaryo vil. IIB DYHXBga qarashli Diagnostika markazi.
Ishlatiladigan asbob uskunalar: «Chopuvchi baraban».
Uslubiy ko’rsatmalar
1. Avtomobil xo’jaliklarida tormoz tizimini tekshirish.
Avtomobil xo’jaliklarida haydovchi ishga chiqishdan oldin tormoz tizimining texnik holatini ko’zdan kechirib chiqiladi, shundan keyin maxsus maydonchada tormoz yo’lining uzunligi aniqlaniladi.
Avtomobil 40 km/soat tezlikda kelib tormoz berish chizig’iga yetganda, haydovchi avtomobilni shoshilinch ravishda to’xtatadi va tormoz yo’lining uzunligi o’lchanadi. Tormoz yo’lining uzunligi O’zDSt 1058-2004, O’zDst 1057-2004 davlat namunasiga mos kelsa, tormoz tizimining texnik holati qoniqarli hisoblanadi.
2. «Chopuvchi baraban» bilan transport vositalarining tormoz tizimining texnik holatini tekshirish.
Maxsus postlarda quyidagilar aniqlanadi: tormoz tizimining tashqi texnik holati; orqa g’ildiraklardagi tormoz kuchi va ularning bir xilligi; to’xtatib turuvchi tormoz tizimining samaradorligi; tormoz tizimining ishga tushish vaqti. Aniqlangan ko’rsatkichlar 6-jadvalda qayd etiladi va meyoriy ko’rsatkichlar bilan solishtiriladi
6-jadval
Hisobot tarkibi
6-jadval to’ldiriladi.
Xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |