Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Munozarali savol: Shaxs deganda nimani tushunasiz


Download 0.95 Mb.
bet79/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Munozarali savol: Shaxs deganda nimani tushunasiz?
Diqqat qiling:
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi uning sotsialligidir, shu bilan birga psixik hayotning yuksak formasi bo’lgan ongi va kishilarning o’zaro so’zlashib aloqa qilish vositasi bo’lgan tildir.
Jamiyatdan tashqarida odam odam bo’lolmaydi va kishilar o’rtasidagi sotsial aloqa ularning amaliy faoliyatidagi, ijtimoiy ishlab chiqarish prtsessidagi munosabati bilan belgilanadi.
Odam boshqa kishilarga munosabatda bo’lish tufayligina ongliroq bo’lib qoladi va uning psixik hayoti muyayan mazmunga ega bo’ladi. Ana shu munosabatlar nechog’li mazmundor va rang-barang bo’lsa, odamning psixik hayoti ham shunchalik mazmundor va rang-barang bo’ladi.
Odam ongining yuksak belgisi-uning o’zini anglashidir, odamning o’zini anglashi ham shaxsning muhim belgisidir.
Munozarali savol: Shaxsning o’zini anglashi deganda nimani tushunasiz?
Diqqat qiling:
Shaxsning o’zini anglashi shundan iboratki. odam jamiyatda taraqqiy etar va ishlar ekan, tevarak-atrofdagi muhitda, o’zining individualligini, sub’ektligini ajratdi. Odam tevarak-atrofdagi olamni biluvchi va shu dunyoga ta’sir etuvchi zot sifatida har bir odam sub’ektdir, odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan, fikr yuritadigan, tilga oladigan va ta’sir ko’rsatadigan narsasi uning uchun ob’ektdir. Odamning o’zini anglashi sub’ektiv ravishda o’zini “men” deb his qilishda ifodalanadi.
Munozarali savol: «Men» tushunchasi qanday vujudga keladi?
Diqqat qiling:
Odam ijtimoiy zot bo’lganligidan unga o’zini anglash qobiliyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, boshqa kishilar bilan munosabatda bo’lishda odamning o’zini anglashi, o’zini “men” deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi.
Ammo odam jamiyatning bir a’zosi va olamning bir qismidir, shu sababli odam tevarak-atrofidagi olamdan o’zini ajratsa ham, ayni vaqtda shu olam bilan bog’langanligini anglaydi. Odam o’z tevarak-atrofidagi olamdan ajralgan holda o’zini “men” deb anglay olmaydi, chunki odam ongining o’zini anglashining, “men”ining mazmuni o’sha odam atrofidagi real-voqelik intixosidir.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling