Munozarali savol. Abuliya nima?
E’tibor qiling!
Abuliya — bu miya patologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga intilishniyag yo’qligi, harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabul qilish zarurligini tushungan holda shunday qilolmaslikdir.
Munozarali savol. Apraktsiya nima?
|
E’tibor qiling!
Apraksiya — miya tuzilishining shikastlanishi natijasida kelib chiqadigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidir. Agar nerv to’qimalarining buzilishi miyaning peshana qismlarida to’xtab qolsa, xatti-harakatlarni erkin to’g’rilashni buzilishida namoyon bo’ladigan apraksiya boshlanadi. Bu harakatlar berilgan programma va binobarin, irodaviy aktning bajarilishini qiyinlashtirib qo’yadi.
Munozarali savol. Yalo’ovlik nima?
|
E’tibor qiling!
Yalqovlik — kishining qiyinchiliklarni engishdan bosh tortishga intilishi, irodaviy kuch-g’ayrat ko’rsatishni qat’iy ravishda istamasligi iroda sustligining eng tipik ko’rinishidir.
Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, kishi shaxsini eng yaxshi tomondan ko’rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ro’yxati juda katta: qahramonlik, sabotlilik, qat’iylik, mustaqillik, o’zini tuta bilish va ko’pgina boshqalar.
Munozarali savol. O’at’iyatlilik nima?
|
E’tibor qiling!
O’at’iyatlilik — irodaning individual fazilati bo’lib, mustaqil ravishda mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda so’zsiz amalga oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog’liqdir.
Pedagogning vazifasi — faqat irodaviy fazilatlar doirasini ko’rsatib berishdan, ularning muhim axloqiy printsiplari bilan ichki aloqasini ochib berishdan tashqari o’z irodasini o’zi tarbiyalashga intiluvchi o’quvchiga yordam berish, irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning qanday usullari kam samarador va qaysi birlari jiddiy yordam bermasligini ko’rsatishdan iboratdir.
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ‘am har xil bo’lishi mumkin, lekin ularning ‘ammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |