Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Download 0.95 Mb.
bet73/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

E’tibor qiling!
Hissiyotlar paydo bo’lish tezligi, kuchi va davomiyligi (barqarorligi) jixatidan bir- biridan farq qiladi.
Hissiyotning paydo bo’lish tezligi. Emotsional kechinmalar turli xollarda turlicha tezlik bilan paydo bo’ladi. Ba’zan hissiyotlar juda tez, to’satdan darhol paydo bo’ladi, masalan, kishi birdan xursand bo’lib ketadi, darxol g’azab keladi, darhol achchiqlanadi va hokazo. Lekin ba’zan shu hissiyotlarning o’zi daf’atan qo’zg’almaydi, balki asta sekin tug’ila boshlaydi. Xursandlik ham, g’azab ham, qo’rquv ham asta sekin qo’zg’aladi. (Bunday holatni biz “qo’rqqanligi” yoki “suyunganligi darrov bilinmaydi” deb aytamiz).
Lekin shunday emotsional kechinmalar borki, ularning qay darajada tez paydo bo’lganligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab bo’lmaydi. Masalan, bizdagi kayfiyatlarning ko’pchiligi shular jumlasiga kiradi.

Munozarali savol. Hissiyotning kuchi nima?

E’tibor qiling!
Emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo’lishi mumkin. Hissiyotning kuchi avvalo yoqimli yoki yoqimsiz tuyg’ularning naqadar kuchli bo’lishidadir. Shuning uchun ham “juda xursand bo’ldim”, “unchalik yoqmadi” va shu kabi iboralar ishlatiladi. Sub’ektiv jihatdan olganda, hissiyotning kuchi shu hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros ila kechirayotganligi bilan ham belgilanadi.
E’tibor qiling!
Hissiyotning kuchi intellektual (aql-idrok) protsesslarga ham sezilarli ravishda ta’sir qiladi. Emotsional qo’zg’alishning ma’lum bir darajasida intellektual protsesslar kuchayadi: idrok va tasavvur yaqqolroq bo’ladi,tafakkur protsesslari jadallashadi. Lekin ba’zan-ayniqsa kuchli emotsional kechinmalar vaqtida-intellektual protsesslar cheklanadi, sustlashadi va xatto aql-farosat qochadi. Odam o’z hissiyotlarini tiyib tura olmagan paytlarida ko’proq shunday bo’ladi. Paydo bo’lgan tasavvurlar va fikrlar to’xtalib qoladi yoki yo’qoladi, mantiqiy bog’lanishlar susayadi, tafakkurning kontrollik qiluvchi, tanqidiy faoliyati bo’shashadi yoki butunlay to’xtab qoladi. Odam mana shunday qattiq emotsional iztirob holatida qattiq hiyajonga tushgan yoki xovliqqan paytlarida ko’pincha nojo’ya ishlar qilib qo’yadi, mantiqqa sig’maydigan, sub’ektiv, xaqsiz, g’arazli xulosalar chiqaradi, eng oddiy masalalarni ham hal qila olmay qiynalib qoladi, o’z atrofidagi vaziyatni yaxshi payqay olmaydi.
Agar kuchli hissiyotlarni bizning ongimiz boshqarib tursa, bu hissiyotlar bizning printsiplarimiz tufayli tug’ilgan bo’lsa, bunday kuchli hissiyotlar ijobiy ahamiyat kasb qiladi. Ifodalovchi harakatlarning muskul-harakatlantiruvchi sohadagi va nuqtadagi eng sezilarli o’zgarishlar bilan birga kuchayishi yoki kuchsizlanishi sirtdan qaraganda hissiyotlarning kuchi qay darajada ekanligini bildirib turadi. Hissiyot naqadar kuchli bo’lsa, uning sirtqi ko’rinishi shu qadar ifodali bo’ladi.
Muayyan narsaga zo’r intilish bilan namoyon bo’ladigan kuchli hissiyotlar katta-katta to’siqlarni enga oladigan kuchli harakatlarda ifodalanadi.
Sensor hissiyotdan farqli bo’lgan emotsional hissiyot his-tuyg’ular paydo bo’lishining tezligi va kuchi bilan belgilanadi.
Emotsional kechinmalar qanchalik uzoq davom qilishi (barqarorligi) bilan ham bir-biridan farq qiladi.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling