Munozarali savol. Xissiyotningsabablari nima?
E’tibor qiling! Xissiyotlarning manbalari (yoki sabablari), bir tomondan, bizning ongimizda aks etayotgan tevarak-atrofdagi voqealik bo’lsa, ikkinchi tomondan, bizning ehtiyojlarimizdir.
Ko’p hollarda emotsional kechinmalarimizning mazmuniga bizning intilishlarimiz ham kiradi. Intilishlar esa hamisha ehtiyojni ifodalaydi. Lekin hissiyotlar ehtiyojlar sababali paydo bo’lishi tufayli intilishlar bilan hissiyotlar bir-biriga “qo’shilib ketib” bitta tuyg’u, kechinma xolida namoyon bo’ladi. Bunday hollarda hissiyotlar, odatda, intilishlarni tug’diradi yoki mavjud intilishlarni kuchaytiradi, shuning uchun ehtiyojlarning o’zi ham aktiv kechinmalar bo’lib qoladi. Hissiyotlarning yo’nalishi, aktivligi intilishlarda namoyon bo’ladi.
E’tibor qiling! Shunday emotsional holatlar ham bo’ladiki, bunda intilish juda sust bo’ladi yoki butunlay bo’lmaydi. Bu xil samarasiz, passiv hissiyotlarini, odatda, sentimentallik deb ataydilar. Sentimentallik-harakatsiz hissiyot bo’lib, odatda, faqat so’z bilan cheklanib, oh-vohlar qilish, ba’zan ko’z yoshi to’kishdan nariga bormaydi.
Hissiyotlarning aktivlik darajasi kishidagi qo’zg’alish va kuchlanish holatida yoki tinchish va bo’shashish holatida, yoki kishidagi hamma kuchlar g’ayratga kirgan holatda, yoxud bu kuchlar zaiflashagan va bo’shashgan holatda, namoyon bo’ladi. Hissiyotlarning mana shu aktivlik darajasiga qarab, ular stenik va astenik hissiyotlarga bo’linadi.
Munozarali savol. Stenik hissiyotlar nima?
|
E’tibor qiling! Kishining hayotiy faoliyatini oshiradigan, g’ayratini orttiradigan hissiyotlar stenik hissiyotlar deb ataladi. Masalan, nihoyatda xursandlik, g’azablanish hislari stenik hissiyotlar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |