Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги
Download 0.95 Mb.
|
Умумий пс-я факультетлараро
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tibor qiling!
E’tibor qiling! Hissiyotlar bosh miya po’stining osti qismlari faoliyati bilan ham bog’langandir. Jumladan, ko’rish bo’rti xislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazlaridir. Buni shu bilan isbot qilish mumkinki, ko’rish bo’rtigining shikastlanish natijasida, xissiyotning ifodalovchi harakatlari ham izdan chiqadi.
Bosh miya po’sti ostidagi markazlardan maxrum bo’lgan xayvonlarda xissiyotlarni ifodalovchi harakat belgilari bo’lmaydi. Bosh miya po’sti ostidagi qismlarda vegetativ nerv sistemasini boshqaruvchi markazlar bor. Bu markazlar emotsional kechinmalar bilan mustaxkam bolangandir. E’tibor qiling! Ba’zi xissiyotlar vegetativ nerv sisemasining faoliyatining hamda bu sistema boshqarayotgan organlar faoliyatini oshib ketganligi sababli tug’iladi. Shu sababli, ba’zi emotsional kechinmalar vaqtida qon aylanish organlarini faoliyati, ovqat xazm qiladigan organlar faoliyati kuchayganligini, nafas olish o’zgarganligini, ko’z nurlanishini, rangni qizarganligini ko’ramiz va xakozo. Bunday xollarda ichki sekretsiya bezlarining faoliyati oshib ketib ular nerv sistemasini ozuqlantiruvchi va qo’zg’atuvchi kerakli moddalarni organizimga ajratib beradi. Bunday emotsional xolat chog’ida biz g’ayratimiz oshib ketganligini sezamiz, o’zimizni bardam, ishchan xis qilamiz. E’tibor qiling! Aksincha boshqa ba’zi bir xissiyotlar vegetativ nerv sistemasi faoliyatining va shu sistema boshqarayotgan organlar faoliyatining pasayishi sababli tug’iladi. Qayg’u, g’am, qurquv singari mana shunday salbiy emotsiyalar chog’ida qon aylanish, ovqat xazm qilish, nafas olish o’zgaradi, kishining rangi oqarib bo’zarib ketadi, uning ko’zlari nursizlanadi va ‘okazo. Ba’zi salbiy xissiyotlar masalan, g’azab, vaxima ba’zan vegetativ nerv sistemasining faoliyatini oshirib boradi. Lekin bunday xollarda ham shu xissiyotlarning salbiy xarakteri shu narsada namoyon bo’ladiki, bunday xissiyotlar tugashi bilan organizm bo’shashib ketadi, kishining tinkasi quriydi, ba’zan kishida aloxida asabiy betoblik vujudga keladi. Biz o’zimiz sababini anglamagan emotsional xolatning, ya’ni bizga sababi ma’lum bo’lmagan tuyg’ularning bizda tug’ulishi vegetativ nerv sistemasi va bu sistema boshqaradigan organlarda bo’ladigan o’zgarishlar bilan izoxlanadi. Chunonchi, odamda ba’zan besabab xushchaqchaqlik, besabab xavotirlanish, khngil g’ashlik va shu kabi xolatlar paydo bo’ladi. Biroq shuni nazarda tutish kerakki, vegetativ nerv sistemasi bosh miya po’sti bilan bog’langan bo’lib, odam organizmida bo’ladigan vegetativ protsesslarning hammasi bosh miya po’stiga bo’ysunadi. I.P. Pavlov ta’limotiga ko’ra, nerv sistemasining oliy bo’limi bo’lgan bosh miya “badanda bo’ladigan xodisalarning ‘ammasini idora qilib turadi.” Bundan chiqadigan xulosa shuki, emotsional kechinmalarning ‘ammasi bosh miya po’stining faoliyati bilan ma’lum darajada bog’langandir. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling