Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Munozarali savol.Odatlarning axamiyati qanday?


Download 0.95 Mb.
bet99/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Munozarali savol.Odatlarning axamiyati qanday?

E’tibor qiling!
Odatlar, malakalar singari, odamning faoliyatlarida katta o’rin egallaydi. Odatlar bizning xayotimizni va faoliyatimizni saranjom-sarishta hamda tartibli qiladi. Gigiena malakalari, maishiy mehnat va estetik malakalar shular jumlasidandir. Chunonchi, mehnatning ratsional rejimiga rioya qilish odatlari, sanitariya gigiena odatlari, yaxshi madaniy xulq-atvor odatlari mehnat unumdorligini oshirishning muxim shartlaridandir.
Salbiy xarakterga ega bo’lgan odatlar, aksincha bizning xayotimizni bebosh qiladi va instizomsizlikka sabab bo’ladi.
Odatlar inson ongining barcha faoliyatini va xususan, tafakkur hamda diqqatini tartibli qiladi; bizda o’ylash odati va o’ylashning odat bo’lib qolgan usullari, diqqatli bo’lish odati va odat bo’lib qolgan diqqat vujudga kelishi mumkin. Juda ko’p odatlar xarakaterimizning xislatlariga aylanib qoladi.
Shuning uchun, ijobiy odatlarni paydo qilish kishini eng kichik yoshdan boshlab tarbiyalashning muxim vazifalaridan biridir.
Odatlarning yuzaga kelishi juda yosh bolalikdan boshlanadi. Odatlarning dastavval boshlab yuzaga kelishida bolalarning kattalarga tao’lid qilishlari katta rol o’ynaydi.
Bolada odatlarning yuzaga kelishi ko’p jixatdan kattalarning xulq-atvoriga bog’liq. Maktabda odatlar o’qituvchi talablarining ta’siri hamda o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qilgan ishlari va xulq-atvorlariga sistemali tarzda baxo berib borish orqali yuzaga keladi.
O’quvchilarda ijobiy odatlarni yuzaga keltirishda sinf jamoasi hamda tashkilotlari ijtimoiy fikrining ta’siri aloxida a’amiyatga egadir. Maktabda mehnat qilishga odatlanishni xosil qilish muxim o’rinda turishi kerak.


Foydalanilgan adabiyotlar.
1. G’oziev E. Psixologiya. T. Ho’ituvchi. 1994.
2. Petrovskiy A.V. Umumiy psixologiya. T. Ho’ituvchi. 1992 y.
3. Karimova V. «Psixologiya» T. 2002 y.
4. Nemov. R.S. «Psixologiya» M. 1999 y.
5. Rubinshteyn. S.L. Osnovo’y obhey psixologii M. 1998 y.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling