Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Munozarali savol. Odat nima?


Download 0.95 Mb.
bet98/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Munozarali savol. Odat nima?

E’tibor qiling!
Odatlar, xuddi malakalar singari, yangidan xosil qilingan, mustaxkamlangan va avtomatlashtirilgan ish harakatlaridir; lekin malaka va odat-aynan bir narsa emas, ular bir-biridan farq qiladi.
Ma’lum sharoit ta’siri ostida vujudga kelib va mustaxkamlanib qolgan va bajarilib turishi kishining ehtiyojiga aylangan amal harakatlarni odat deb aytiladi.
Bunday harakatlarni (odatlarni) to’xtatib qolish, odatda, tajanglik va norozilik xissini uyg’otadi. Masalan, bunga quyidagi odatlarni ko’rsatish mumkin: masalan bir vaqtda uyqudan turish, ovqat oldidan qo’l yuvish, ishdan so’ng asboblarni ma’lum bir joyga qo’yish va shuning kabilar.
Odatlanib qolgan harakatlar ko’pincha shunchalik mustaxkam singib ketadiki, ular kishiga tabiiy bo’lib ko’rinadi. “Odat kishining ikkinchi tabiatidir” (“o’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas”) degan maqol ham mana shundan kelib chiqqan.

Munozarali savol.Odatlarning qanday turlari mavjud?

E’tibor qiling!
Odatlar ham, malakalar singari, har xil bo’ladi; masalan, shunday odatlar bo’ladi: kasb va mehnat odatlari (ishga o’z vaqtida kelish, boshlangan ishni oxirigacha etkazish, har qanday ishni oldindan o’ylab, reja bilan ishlash, ish uchun zarur barcha narsalarni ma’lum bir joyga qo’yish va boshqalar), gigiena odatlari (badan va kiyimlarning tozaligini saqlash, tishni tozalab turish, ovqat oldidan qo’llarni yuvish va boshqalar), estetik odatlar (sochlarni yaxshilab tarab, kiyimlarni ozoda qilib yurish, uyni tartibli va chiroyli qilib tutish, nutq madaniyatiga rioya qilish va boshqalar), ahloqiy odatlar (rostghy, sofdil va xalol bo’lish).
Faqat ijobiy odatlar bo’lib qolmay, balki salbiy odatlar ham bo’lishi mumkin. Salbiy odatlarga misol qilib-ishdagi yuzakilik va tartibsizlikni, iso’irtlikni, qo’pol iboralar, masalan, xo’sh kabi keraksiz so’zlarning ishlatilishini, tirnoqlarni kemirish odatini, shuning kabilarni ko’rsatish mumkin.
Odatlarni xosil qilish protsessi xuddi malakalarni xosil qilish protsessi, ya’ni bir xildagi harakatlarni asosan ko’p martalab takrorlay berish orqali sodir bo’ladi. Odat va malakalar xosil bo’lish qonuniyatlari birdir.
Odatlarning nerv fiziologik asosi ko’nikma va malakalarning nerv fiziologik asoslari bilan birdir.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling