Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Download 0.95 Mb.
bet72/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

E’tibor qiling! Ikkinchi signal sistemasi odamning emotsional kechinmalarida katta rol o’ynaydi. Ikkinchi signal sistemasidagi bog’lanishlar insoniy oliy xislarning-intellektual, axloqiy, estetik xislarning nerv fiziologik asosidir. Ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi bilan uzulmas ravishda bog’langanligi va shu orqali bosh miya po’sti ostidagi qismning faoliyatiga ta’sir qilib turish sababli, odam o’z xissiyotlarini ongli ravishda o’zi boshqarib tura oladi.
E’tibor qiling! Psixik protsesslarning hammasi organizmning tashqi o’zgarishlarida va harakatlarida ma’lum darajada ifodalanadi. Lekin odamning hissiyotlari ayniqsa yaqqol ifoyadalanadi. Emotsional kechinmalar organizmning tashqi o’zgarishlarida shu qadar yaqqol alomatlarda ifodalanadiki, odatda, biz odamning tashqi ko’rinishiga qarab unda qanday hissiyotlar yuz berayotganligini-u xursandmi, yoki xafami, g’azablanganmi yoki biror nimadan qo’rqib turganmi, unda muxxabat paydo bo’lganmi yoki nafrat paydo bo’lganmi, shodlik paydo bo’lganmi yoki uyalish paydo bo’lganmi, xullas, mana shu xislarning ko’pini aytib bera olamiz. Rang ko’r, xol so’r, degan xikmatli so’zning psixologik ma’nosi bunga misol bo’la oladi.
E’tibor qiling! Hissiyotlarning tashqi alomatlarini ifodali harakatlar deb ataladi. Emotsional kechinmalar avvalo muskullarning ixtiyorsiz bo’ladigan harakatlarida ifodalanadi. Ijobiy xissiyotlar vaqtida bu harakatlar, odatda, shu hislarni tug’durgan narsa tomonga yo’nalgan bo’ladi, salbiy xissiyotlar vao’tida esa bu harakatlar shu xislarni tug’dirgan narsadan teskari tomonga yo’nalgan bo’ladi. Masalan, biz bir badiiy sur’atni ko’rib undan zavqlansak, bizda yoqimli his tug’iladi, shuning uchun beixtiyor shu sura’tga yaqinlashamiz. Shuningdek, qalin do’stimiz bilan to’satdan uchrashib qolganimizda, biz shu do’stimiz tomon beixtiyor harakat qilamiz, ya’ni unga yaqin borib qolganimizni o’zimiz ham sezmay qolamiz.
Ayrim salbiy xissiyotlar vaqtida bizning harakatlarimiz ham shu hisni tug’dirgan narsadan chetlashishga intiladi. Boshqa ba’zi salbiy hissiyotlar vaqtida, masalan, g’azab, nafrat xislari vaqtida bizning harakatlarimiz shu emotsional kechinmalarga sabab bo’lgan narsa tomonga yo’naladi. Buning sababi shuki, bizda shu narsani yo’q qilish yoki uning harakatini bostirish harakati tug’iladi va biz shunga intilamiz.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling