Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Munozarali savol. Astenik hissiyotlar nima?


Download 0.95 Mb.
bet70/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Munozarali savol. Astenik hissiyotlar nima?

E’tibor qiling! Kishining hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g’ayratini susaytiradigan hissiyotlar astenik hissiyotlar deb ataladi. G’am, g’ussa, ma’yuslik, afsuslanish kabi hissiyotlar mana shunday astenik hissiyotlardir.
E’tibor qiling!
Emotsional kechinmalar organizmdagi alohida fiziologik protsesslar, o’zgarishlar bilan bog’liq. Masalan, emotsional kechinmalar chog’ida qon aylanishi o’zgaradi, yurak urishi tezlashadi yoki susayadi. Bir xil emotsional kechinmalar chog’ida odam qizaradi, boshqa bir xil emotsional kechinmalar chog’ida esa odam oqaradi yoki bo’zaradi. Emotsional protsesslarning yurak faoliyatidagi o’zgarishlar bilan bog’liq ekanligi shu qadar ayon sezilib turadiki, xatto oddiy tilda “xis” bilan “yurak” degan so’z bir-biriga o’xshash ma’noda ishlatiladi. Odatda, “yuragim orziqib ketdi”, “yuragim orqamga tortib ketdi”, “yuragim yorilay dedi” deb gapirilganida, “yurak” so’zi bilan qo’rqib ketish, sevinish kabi xislar ifodalanadi.
Emotsional kechinmalar vaqtida nafas olish ham o’zgaradi: Ayrim kechinmalar vaqtida nafas olish tezlashadi. Ayrim kechinmalar vaqtida esa nafas olish susayadi. Shuningdek, ovqat xazm qilish protsesslari va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ‘am o’zgaradi. Emotsional protsesslar butun organizmning faoliyatiga ta’sir qiladi.
Odamdagi xissiyotning fiziologik asosi avvalo bosh miya po’stida sodir bo’ladigan protsesslardir.
E’tibor qiling! Bosh miya po’sti xissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Buni shu bilan isbot qilish mumkinki, miya yarim sharlari olib tashlangan xayvonlar eng arzimas sabablar bilan muttasil va shu bilan birga kuchli ravishda xayajonga kela beradi. Miya po’sti zaiflashganligi natijasida bet muskullari falaj bo’lgan kishilar har xil narsalarga va xatto juda arzimas narsaga ham ‘amisha va qattiq kula beradilar.
Bosh miya po’stining faoliyati buzilishi natijasida ba’zi kishilarda har xil ta’surot bu ta’sirotga butunlay muvofiq bo’lmagan teskari emotsional alomatlarni qo’zg’atadi-kuldiradi yoki yig’latadi.
Bunday xollarda bemor kishilar ko’pincha o’zlari kulib tursalar ham, aslida g’amgin bo’ladilar, ko’z yoshi to’ka turib esa xursandlik his qiladilar.
I.P.Pavlov tarkib topgan dinamik stereoptik faoliyatidagi buzilishlar ko’pgina xissiyotlarning fiziologik asosi ekanligini ko’rsatib o’tgan.
U dinamik stereoptikdagi buzilishilarni ko’p kuzatish natijasida chiqarilgan xulosani ta’kidlab bunday yozadi: “Mening fikrimcha, katta miya yarim sharlaridagi boya bayon qilingan fiziologik protsessorlarni, odatda, o’zimizga sube’ktiv tarzda, umuman ijobiy va salbiy deb ataydigan xislarga muvofiq keladi deb o’ylash uchun etarli asos bor... Bular qiyinlik va engil tortish xissi, tetiklik va charchash xissi, mamnunlik va norozilik, suyunish, tantana va umidsizlik xissi va xokazo.
Meningcha ko’pincha odatdagi turmush tartibining o’zgargan paytlarida, odat bo’lib qolgan bironta mashg’ulot to’xtatilganida, yaqin kishilardan judo bo’lganda, aqliy iztirob chog’ida, maslak va e’tiqodlarda keskin burilishlar ro’y bergan chog’ida kechiriladigan og’ir xissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik stereoptikning o’zgarishi, uning yo’qolishi yangi dinamik stereoptikning qiyinlik bilan xosil bo’lishidan iborat bo’lsa kerak”.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling