Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Munozarali savol. Ijobiy va salbiy xissiyotlar nima?


Download 0.95 Mb.
bet68/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Munozarali savol. Ijobiy va salbiy xissiyotlar nima?

E’tibor qiling! Yoqimli kechinmalarda odamning voqealikdagi ayrim narsalarga, hodisalarga va o’ziga nisbatan ijobiy munosabati ifodalanadi, yoqimsiz kechinmalarda esa bunga odamning salbiy munosabati ifodalanadi. Shuning uchun ham sub’ektiv kechinmalardan iborat bo’lgan hissiyotlar ijobiy va salbiy hissiyotlar deb ajratiladi. Lekin hissiyotlar yoqimli yoki yoqimsiz sub’ektiv kechinmalar bo’lish jihatidangina emas, shu bilan birga ob’ektiv, sotsial ahamiyatlari jihatidan ham ijobiy va salbiy hissiyotlar deb farq qilinadi.
Hissiyotlarga shaxsiy nuqtai nazardan beriladigan baho bilan sotsial nuqtai nazardan beriladigan baho hamisha bir-biriga muvofiq bo’lavermaydi. Sub’ektiv ravishda noxush, kishini ranjitadigan kechinmalar tariqasidagi ko’pincha hissiyotlar, sotsial nuqtai nazaridan qaraganda, ijobiy hisiyotlar hisoblanadi. Masalan, kishidagi uyalish va vijdon azobi yoqimsiz va xatto qattiq azob hissi bilan kechiriladi.
Lekin ijitimoiy nuqtai nazardan qaraganda, bu hislar yuksak, ijobiy axloqiy hislatdir. G’azab va qahr hissi har bir kishida salbiy, nohush kechinma holatida o’tadi. Ammo sotsial nuqtai nazardan qaraganda, bu hissiyot nima sababdan tug’ulganligiga va nimaga yo’nalganligiga qarab ijobiy yoki salbiy hissiyot bo’lishi mumkin.. Hissiyot biz idrok qilayotgan, tasavvur qilayotgan va fikr qilayotgan hodisalar va tasavvurlar, shuningdek, bizning harakatlarimiz va qiliqlarimiz ta’siri bilan tug’iladi.
Narsalar idrok, tasavvur va fikr qilinayotganligi uchungina bizda ayrim tuyg’ular tug’ilib qolmasdan, balki, asosan bu narsalar bizning ehtiyojlarimiz, manfaatlarimiz bilan ma’lum bir darajada bog’langanligi uchun ham bizda turli tuyg’ular tug’diradi. Biz idrok, tasavvur va fikr qilayotgan narsalar bizning ehtiyojlarimizga va manfaatlarimizga aloqasi bo’lmagan taqdirda bizda sezilarli hissiyotlar tug’ilmaydi. Bunday narsalar ko’pincha e’tiborimizdan chetda qolaveradi.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling