Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Download 0.95 Mb.
bet74/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Iroda.
Savollar.

1. Iroda nima?


2. Irodaviy harakatlar nima?
3. O’z-o’zini boshqarish nima?
4. Tavakkalchilik nima?
5. Shaxsining yo’nalishi nima?
6. Intilish nima?
7. Istak nima?
8. Motivlar kurashi nima?
9. Irodaviy akt nima?
10. Irodani mustaqil tarbiyalash.
Odamlar tevarak-atrofdagi narsalar va xodisalarni bilib oladilar hamda o’zlarining shaxsiy ehtiyojlarini va ular mansub bo’lgan jamiyat ehtiyojlarini qondirish jarayonida uni qayta o’zgartirishga qaratilgan faoliyatda ularga nisbatan his-tuyg’uni boshdan kechiradilar.
Kishining faoliyati — xususiy vazifalar hal etilayotgan boshqa bir amaldan kelib chiqadigan bitta va birgalikda bog’langan sistemadir. Harakatlar istalgan, kishi qilayotganiga o’xshash maqsad kabi tafakkur etiladigan yoki ifodalanadigan natijani olishga qaratilgan bo’ladi. Jumladan, yosh olma daraxti o’tqazilayotganda muayyan chuqurlik kovlab, o’g’it solib, chuqurning o’rtasiga qoziq qoqilib, u erga o’tqazilayotgan daraxtning ildizlarini to’g’rilab va uni boylab qhyayotgan odam o’z maqsadini amalga oshirayotib, ma’lum reja bhyicha harakat qiladi. Bu reja ish jarayonida bir qator tafakkur va tasavvurlar tarzida kengayadi ‘amda kuchi, tezligi, ko’lami, muvofiqligi, aniqligi bo’yicha belgilangan harakatlar yordamida amalga oshiriladi, hayotga tatbiq etiladi.
Oldindan mo’ljallangan harakat o’z-o’zini boshqarish orqali amalga oshiriladi. Uning strukturasi kishi erishishni istagan maqsadni; unga erishish uchun amalga oshirilmoqchi bo’lgan harakatlar va jarayonlar programmasini; harakatlar muvaffaqiyatliligining mezonlarini aniqlash va harakatlarning olingan real natijalarini u bilan solishtirib chiqish; pirovardida amalni tugallagan hisoblab, qaror qabul qilish kerak yoki uning bajarilishiga zarur tuzatishlar kiritib, uni davom ettirish lozim. Shunday qilib, oldindan mo’ljallangan harakat o’z-o’zini boshqarish, uni planlashtirish va ijro etish ustidan ixtiyoriy nazorat qilishni nazarda tutadi.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling