Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Munozarali savol: Indentifikatsiya nima


Download 0.95 Mb.
bet66/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Munozarali savol: Indentifikatsiya nima?
Diqqat qiling:
Indentifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to’g’riroq idrok qilish uchun o’zlarini bir-birlarining o’rniga qo’yib ko’rishga harakat qiladilar. Ya’ni, o’zidagi bilimlar, tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o’zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) indentifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan yigitning ichki holatini uning o’rtog’i yoki akasi tushunishi mumkin.
Munozarali savol: Reflektsiya nima?
Diqqat qiling:
Reflektsiya muloo’ot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan turib, o’zini tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga talluqli bo’lib, o’ziga birovning ko’zi bilan qarashga intilishdir. Chunki, busiz odam muloo’ot jarayonida o’zini aniq bilmasligi, noto’g’ri muloo’ot formalarini tanlashi mumkin.
Munozarali savol: Muloo’otning pertseptiv tomoni nima?
Diqqat qiling:
Muloo’ot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o’zaro ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to’g’riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish bilan bog’liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarining bir-birlarini to’g’ri tushunishlari va aniq idrok qilishlari muloo’otning samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Munozarali savol: Stereotipizatsiya nima?
Diqqat qiling:
Stereotipizatsiya odamlar ongida muloo’otlar mabaynida shakllanib o’rnashib qolgan, ko’nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotipizatsiya-har bir shaxsda yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. A.A. Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloo’otni to’g’ri yo’nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo’lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga “kauza”-sabab, “atrebutsiyu”-bermoq, qo’shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o’qituvchi bilan hamsuhbat bo’lib qolgan odamda suhbat boshidayoq “hozir odob-ahloqdan dars berishni boshlamasmikan” degan shubha paydo bo’lishi mumkin.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling