Foydalanilgan adabiyotlar.
1. oziev E. Psixologiyadan ma’ruzalar matni. T. Universitet. 1999.
2. Petrovskiy A.V. Umumiy psixologiya. T. Ho’ituvchi. 1992.
3. Karimova V. «Psixologiya» T. 2002.
4. Nemov. R.S. «Psixologiya» M. 1999.
5. Rubinshteyn. S.L. Osnovo’y obhey psixologii M. 1989.
4-Mavzu. Hissiyot. Iroda
Hissiyot to’g’risida umumiy tushuncha.
Xissiyotning fiziologik asoslari.
Hissiyotning tashqi ifodalanishi.
Emotsional holatlar va ularning turlari.
Tayanch iboralar.
Xis-tuyu, astenik va stenik xislar, emotsiya, stress, affekt, kayfiyat, ma’naviy, intellektual, estetik xis-tuyular.
Savollar.
1. Xis-tuyu nima?
2. Astenik xislar qanday xislar?
3. Stenik xislar qanao’a?
4. Emotsiya nima?
5. Stress nima?
6. Affekt nima?
7. Kayfiyat nima?
8. Ma’naviy xis-tuyular qanday?
9. Intellektual xislar qanday?
10 .Estetik xislar qanao’a?
Munozarali savol. Xissiyot nima?
|
E’tibor qiling! Kishi biror nimani idrok va tasavvur qilganda eslab qolganida va esga tushirganida, fikr qilganida va gapirganida hamda harakat qilganida biror yoqimli (xush) yoki yoqimsiz (noxush) holatni kechiradi, bu holat huzur qilish yoki ranjishdan, maza qilish yoki qiynalishdan iborat bo’ladi. Bu kechinmalarda odamning o’z tevarak-atrofidagi narsalarga (hodisalarga), odamlarga va o’ziga nisbatan sub’ektiv munosabati ifodalanadi. Yoqimli yoki yoqimsiz kechinma hissiyotimizning (emotsiyalarimizning) birinchi belgisi va elementidir.
Voqealikning ayrim hodisalari kishini quvontiradi, ayrim xodisalar xafa qiladi; ba’zi hodisalarga kishi qoyil qoladi, ba’zi hodisalardan g’azablanadi, odam ba’zi hodisalarni ko’rib jahli chiqadi, ba’zilaridan qo’rqadi. Xursandlik, xafalik, qoyil bo’lish, g’azablanish, qahr, qo’rquv va shu kabilarning hammasi emotsional kechinmalarning xilma-xil turlaridir, odamning voqealikka bo’lgan turli sub’ektiv munosabatidir, odamning o’ziga ta’sir qilayotgan va uning o’zi ta’sir qilayotgan narsalardan tug’iladigan kechinmalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |