Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Munozarali savol: Psixologiyainig fanlar sistemasidagi hrni qanday


Download 0.95 Mb.
bet9/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Munozarali savol: Psixologiyainig fanlar sistemasidagi hrni qanday?
Diqqat qiling:
Yuqorida aytilganlarning hammasi hozirgi zamon psixologiyasi bir qator fanlar bilan chambarchas bog’liqligidan dalolat beradi. Hozirgi zamon psixologiyasi bir tomondan falsafiy fanlar, ikkinchi tomondan tabiiy fanlar va uchinchi tomondan ijtimoiy fanlar oralig’idagi fandir. Psixologiyaning bu fanlarga yaqinligi yoki hattoki, bu fanlarning ayrimlari bilan birga ishlanadigan sohalarning mavjudligi psixologiyani mustaqillikdan mutlaqo mustasno qilmaydi. Psixologiya o’zining hamma soxalarida predmetni, o’rganish yo’l-yo’riqlarini saqlab qoladi. Faqat psixologiya uchungina emas, balki uning bilan yondosh bo’lgan fanlar uchun ham g’oyat katta a’amiyatga ega bo’lgan psixologik muammolarning ko’p qirraligini psixologlarning diqqat markazida har doim olam taraqqiyotida qatnashuvchi asosiy siymo-odamning turishi bilan tushuntirish mumkin. Hamma fanlar va bilim soxalari odamga xizmat qilishlari, uni qurollantirishlari, odam tomonidan yaratilganliklari, insoniy nazariya va amaliy tarzda paydo bo’lib rivojlanishlari tufayligina ma’no hamda a’amiyat kasb etadilar. Psixologik bilimlarning bundan keyingi butun taraqqiyotining psixologiyaning o’z mustaqil tekshirish predmetini saqlab qolgani holda uning yondosh fanlar bilan bo’lgan aloqalarini maksimal darajada kengaya borishi tarzida tasavvur qilish mumkin.
Munozarali savol: Xozirgi zamon psixologiyasiinig tuzilishi qanday?
Diqqat qiling:
Hozirgi zamon psixologiyasi amaliyotning turli soxalari bilan bog’langan, turli darajada tarkib topgan va g’oyat tarmoqlanib ketgan fanlar sistemasidan iboratdir.
Psixologiyaning shu qadar ko’p sohalarini qanday qilib klassifikatsiya qilish mumkin? Yuqorida bayon etilgan psixikaning faoliyatda taraqqiy etishi printsipi psixologiyani klassifikatsiya qilishning imkoniyatlaridan birini o’z ichiga oladi.
Ana shu nuqtai nazardan psixologiya sohalarini klassifikatsiya qilishda quyidagilar: 1) konkret faoliyatning psixologik tomoni, 2) taraqqiyotning psixologik tomoni, 3) insonning (taraqqiyot va faoliyat sub’ekti sifatidagi) jamiyatga (uning faoliyati va taraqqiyoti yuz beruvchi) bo’lgan munosabatining psixologik tomoni asos qilib olinishi mumkin.
Agar psixologiyaning klassifikatsiya qilishda yuqorida keltirilganlardan birinchisi asos qilib olinsa, shunday qilib, unday holda psixologiyaning konkret turdagi inson faoliyati psixologik muammolarini o’rganuvchi bir qator sohalarini ajratib ko’rsatish mumkin. Psixologiyaning ana shu sohalari orasida juda keng va juda tor sohalari bor. Mohiyat jixatidan olib qaraganda, ularning hammasi yuqorida ko’rsatilgan tomonlardan birining bo’limlari xisoblanadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling