1. Idrok to’g’risida umumiy tushuncha.
2. Idrokning murakkabligi.
3. Idrokning aktivligi va kuzatish.
Tayanch iboralar.
Idrok, idrokning predmetligi, idrokning yaxlitligi, idrokning strukturaligi, idrokning kostantligi, appertseptsiya, illyuziya. Fazoni idrok qilish, binokulyar khrish, axborot etkazuvchi nuo’talar, akkomodatsiya, konvergentsiya, vao’tni idrok qilish, harakatning idrok qilinishi, harakatning idrok qilish usullari
Savollar.
1. Idrokning predmetligi nima?
2. Idrokning yaxlitligi nima?
3. Idrokning strukturaligi nima?
4. Idrokning kostantligi nima?
5. Appertseptsiya nima?
6. Fon va figura.
7. Illyuziya nima?
8.Fazoni idrok qilish.
9.Vao’tni idrok qilish.
10.Harakatning idrok qilinishi.
Idrok sezgi a’zolarimizga ta’sir qilib turgan narsalarning ongda bevosita aks etishidir. Biz narsa va hodisalarni yaxlit holicha idrok qilamiz, narsalarning ayrim xossalarini esa sezamiz. Masalan, quyoshni biz idrok qilamiz, uning yorug’ini esa sezamiz, og’zimizdagi chaqmoq qandni idrok qilamiz, uning shirinligini esa sezamiz. Ammo xossa va narsa bir-biridan ajralmasdir, shu sababli narsalarni idrok qilish ham sezgilardan ajralgan holda voqe bo’lishi mumkin emas,
Munozarali savol: Sezgi va idrokning faro’i nima?
Diqqat qiling:
Sezgilar, odatda sodda, elementar psixik protsess deb hisoblanadi, idrok esa murakkab psixik protsessdir. Biz idrok qilayotgan narsalar g’oyatda xilma-xildir. Bular jumlasiga, avvalo turli buyumlar, chunonchi — binolar, daraxtlar, jihozlar, texnika buyumlari va hokazolar kiradi. Biz muzika, surat, rasm va boshqa san’at asarlarini idrok qilamiz. Odamning hayotida nutqni — og’zaki va yozma nutqni idrok qilish eng katta va muhim o’rin tutadi.
Atrof-yonimizdagi narsa va hodisalar bir-biridan ajralgan holda emas, balki hamma vaqt idrok qilinib turgan narsa boshqa narsalar bilan makon va vaqt jihatdan bir-biri bilan bog’langan holda idrok qilinayotganini har bir kishi o’z kundalik tajribasidan yaxshi biladi. Masalan, stolni idrok qilayotganimizda biz uning joyini, atrofini o’rab olgan stullarni, shu paytda radiodan eshitilayottan muzikani ham idrok qilamiz, xona ichidagi radiopriyomnikni ham, kishilarni ham bir vaqtda ko’ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |