14-mavzu. YTH va ularning ko’rsatkichlari.
Yo’l-transport hodisalari va ularning turlari. YTH ni hisobga olish. YTH kartochkasi. Yo’l-transport hodisalarining tahlili. YTH dan keladigan iqtisodiy zarar.
15-mavzu. Xavfli yuklarni tashish. YTHda jaroxatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.Haydovchi va mansabdor shaxslarning “Yo’l harakati qoidalari”ni buzganligi uchun javobgarligi
Xavfli yuklar. Xavfli yuklarning tasniflanishi. Xavfli yuklarni tashishga ruxsat olish. Xavfli yuklarni tashishda harakat xavfsizligini ta’minlashning asosiy tadbirlari.Tibbiy yordam ko’rsatishning bosqichlari. Jarohatlarda va qon oqishda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Nafas olish va yurak urishi to’xtaganda birinchi yordam ko’rsatish. Haydovchi, piyoda va mansabdor shaxslarning “Yo’l harakati qoidalari”ni buzganda ularning intizomiy, O’zbekiston Respublikasining administrativ, jinoiy Qonunlari bo’yicha javobgarligi.
IV. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Umumiy qoidalar. Haydovchilarning umumiy majburiyatlari.Yo’l belgilari
Yo’l belgi chiziqlari
Piyodalar va yo’lovchilarning vazifalari. Maxsus transport vositalarining imtiyozlari. Harakatni tartibga solish
Ogohlantiruvchi va falokat ishoralari. Harakatni boshlash
Harakatlanish tartibi
Chorrahalarda harakatlanish
Murakkab sharoitlarda harakatlanish tartibi
Transport vositalaridan foydalanish
Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar
Yo’llarda harakat xavfsizligini ta’minlashning davlat boshqaruvi tizimi
Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari
Yo’l harakatining asosiy tavsiflari
YTH va ularning ko’rsatkichlari
Piyodalarning harakat xavfsizligini oshirish yo’llari.
Xavfli yuklarni tashish
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akadem. guruhga bir o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi lozim. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |