8-mavzu Murakkab sharoitlarda harakatlanish tartibi
Temir yo’l kesishmalari orqali harakatlanish. Avtomagistrallarda, turar-joy dahalarida harakatlanish. Tik nishablikda va tik balandliklarda harakatlanish. Belgilangan yo’nalishdagi transport vositalarining imtiyozlari. Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish. Mexanik transport vositalarini shatakka olish.
9-mavzu. Transport vositalaridan foydalanish tartibi
Transport vositalarini boshqarishni o’rgatish. Odam tashish. Yuk tashish. Velosiped va aravalar harakatlanishi, hayvonlarni haydab o’tishga doir qo’shimcha talablar. Mansabdor shaxslar va fuqarolarning yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalarini yo’lga chiqarish, ularga raqam va taniqlik belgilarini o’rnatish bo’yicha vazifalari.
10-mavzu. Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar
Tormoz tizimi. Boshqaruv qurilmasi va tashqi yoritgichlar. Oyna tozalagich va oyna yuvgichlar, shinalar, dvigatel va transport vositasi tuzilishining bo’lak qismlari bo’yicha undan foydalanishni taqiqlovchi shartlar.
11-mavzu. Yo’llarda harakat xavfsizligini ta’minlashning davlat boshqaruvi tizimi.
O’zbekiston Respublikasining yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi Qonuni. Davlat vakolatli organlari. Vazirlar Maxkamasining vakolatlari, IIV DYHXX vakolatlari. O’zbekiston transport vazirligining vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi vakolatlari. Maxalliy Davlat hokimiyat organlarining vakolatlari.
12-mavzu. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari
“A-H-Y-P-M” tizimi. “A-H-Y-P-M” tizimining o’zaro bog’liqligi. O’zbekiston Respublikasida avtomobillashtirish va yo’l tarmoqlarining o’sish ko’rsatkichlari. Piyodalarning harakat xavfsizligini oshirish yo’llari. Piyodalar harakatini tashkil etish tamoyillari.
13-mavzu. Yo’l harakatining asosiy tavsiflari
Transport va piyodalar harakatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Harakat miqdori. Harakat tarkibi. Transport va piyodalar oqimining tezligi va zichligi. Yo’l harakati xavfsizligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar. Transport vositalarining texnik xolati, yo’l sharoiti, haydovchining xolati, ob-havo sharoitlarining yo’l harakatiga ta’siri. Yo’l harakati xavfsizligini baholash uslublari.
Do'stlaringiz bilan baham: |