Щзбекистон республикаси


 Tonellar, tirgak va himoya devorlari


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/71
Sana18.08.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1668171
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
Bog'liq
Алоқа йўллари (1) (qqqq)

 
9.5. Tonellar, tirgak va himoya devorlari 
 
Suv osti tunnellari kema qatnashi talab etadigan darajada ko„prikni baland 
qilib qurish iloji bo„lmagan shaharlarda katta daryolarni kesib o„tishda, 
shuningdek, biror maxsus sabablarga ko„ra ko„prik qurish maqbul bo„lmagan 
hollarda quriladi. Ular sun‟iy inshootlarning boshqa turlarini qurishga qaraganda 
qurilish qiymati yuqoriligi bilan ajralib turadi, shuning uchun tunnelli o„tish joylari 
qurish cheklangan 9.10, 9.11-rasmlar. 
9.10 -rasm. Suvosti tunneli: 


104 
a-sxemali bo„ylama kesim; b-suv osti uchastkasining ko„ndalang kesimi; 
v-quruqlikdagi uchastkasining ko„ndalang kesimi 1-shaxta; 2-boshlang‟ich shaxta 
va shtolnya; 3-piyodalar yo„li; 4-avtomobillar uchun tunnel; 5-havo yo„li; 
6-havoni so„rib olish; 7-o„tadigan yo„l; 8-qoplama 
9.11 -rasm. Transport tonellari
 
Nazorat savollari: 
 
1. Avtomobil yo„lidagi sun‟iy inshootlar turlarini sanab bering?
2. Suv o„tkazuvchi quvurlar va ularning elementlari haqida tushuncha 
bering?
3. Ko„priklar va ularning turlari haqida ma‟lumot bering?
4. Ko„priklar, yo„lo„tkazgichlar va estakadalarning elementlari haqida nima 
bilasiz? 
5. Tunnellar, tirgak va himoya devorlari haqida nima bilasiz? 
6. Ko„priklar uzunligi bo„yicha nechta turga bo„linadi?
 


105 
10 - Bob. Avtomobil yo„llarida harakatga xizmat ko„rsatish inshootlari 
10.1. Yo„llardagi harakat vositalari va yo„lovchilarga xizmat ko„rsatish 
 
Tayanch so„zlari: Yo‘llar, harakat vositalari, yo‘lovchilar, yuk tashish
yo‘lovchi tashishga xizmat ko‘rsatish, inshootlar, avtostantsiya, avtovokzal
avtobus to‘xtash joylari, YHX hizmati. 
 
Avtomobil yo„llarida quyidagi harakat vositalari harakatlanadi:
- yuk ko„tarish qobiliyati 3,5 t gacha bo„lgan engil yuk avtomobillari, yuk 
ko„tarish qobiliyati 3,5 t dan 12,0 t gacha bo„lgan o„rtacha yuk avtomobillari, yuk 
ko„tarish qobiliyati 12,0 t dan yuqori bo„lgan og‟ir yuk avtomobillari, avtopoezdlar 
(amaldagi og‟irlik toifalari bo„yicha), engil avtomobillar, avtobuslar, traktorlar va 
qishloq xo„jalik mashinalari, mototsikllar va velosipedlar. 
Avtomobil yo„llari harakat tejamkorligini va avtomobil dinamik sifatlarini 
to„liq nomoyon qiluvchi sharoitlarni, haydovchi va yo„lovchilarni psixofiziologik 
va estetik talablarini qoniqtirishi lozim. Avtomobil yo„llari harakatni tashkil etish 
vositalarini, harakatga xizmat ko„rsatish tizimini va yo„lni jixozlash vositalarini o„z 
ichiga oluvchi kompleks xizmat ko„rsatish inshooti hisoblanadi. 
Harakatga hizmat ko„rsatish tizimi - bezash vositalarini, yo„lning 
obodonlashtirishni tashkil etadi, ya‟ni yo„ldan foydalanuvchi insonlar va transport 
vositalarini normal ishlash qobiliyatini, sharoitlarini ta‟minlovchi majmuaviy 
inshootlar va jixozlardir. 
Xizmat ko„rsatish majmualari maqsadi haydovchi va yo„lovchilarga hayot 
faoliyati uchun normal sharoitni ta‟minlash. Bunda haydovchi mexnati va dam 
olish, ish yoki sayoxat bilan ketayotgan yo„lovchilar uchun qulay sharoitlar 
yaratish ko„zda tutiladi. Harakatga xizmat ko„rsatishga, xizmat ko„rsatish 
majmualari joylashuviga haydovchi va yo„lovchilarning asosiy talabi: sayoxat 
maqsadiga, uning xarakteri va davomiyligiga, haydovchi mexnat qulayligiga, 


106 
yo„lovchi xarakteri va yoshiga, havo-iqlim sharoitlariga bog‟liq. Funktsional 
ahamiyatiga ko„ra xizmat ko„rsatish quyidagi 4 asosiy guruxga bo„linadi: 
- birinchi guruxga haydovchi va yo„lovchilarni dam olishini, birinchi 
navbatda ovqatlanish va tunash, hamda qisqa muddatli dam olishni ta‟minlovchi 
xizmat turlari kiradi; 
- ikkinchi guruxga transport vositalariga texnik xizmat ko„rsatish kiradi. 
Bular yonilg‟i quyish va moylash materiallari bilan ta‟minlash, texnik ko„rik, 
ta‟mirlash; 
- uchinchi guruxga mavjud yo„nalishdagi harakat sharoiti to„g‟risida axborot 
berish; 
- to„rtinchi gurux maxsus xizmat turi-avariyaviy xizmat ko„rsatish bo„lib 
YTH oqibatida jaroxatlanganlarga tibbiy xizmat ko„rsatish, hamda zararlangan 
transport vositalarini ta‟mirlash kiradi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling