Щзбекистон республикаси
Ko„priklar, yo„lo„tkazgichlar va estakadalarning elementlari
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
9.4. Ko„priklar, yo„lo„tkazgichlar va estakadalarning elementlari
Piyodalar, temir yo„l va avtomobil yo„llari ko„priklari bo„ladi. Bir qator hollarda ko„priklar avtomobil va temir yo„l transportlarini uyg‟unlashgan holda o„tkazishga quriladi. Bunda ikkala transport turlari harakati bir yoki har xil satxda ta‟minlanadi, piyodalar uchun trotuarlar quriladi. Ko„priklar ishlash sharoitiga ko„ra suvdan yuqorida, ochiluvchi, suv ustida bo„lishi mumkin. Ko„priklar harakati ustidan, bunda qatnov qismi oraliq qurilma ustida joylashgan, harakati ostidan, bunda qatnov qismi oraliq qurilma ostida joylashgan, harakati o„rtadan, bunda qatnov qismi oraliq qurilma balandligi chegarasida joylashgan bo„ladi. Ko„priklar bir va ko„p oraliq qurilmaliga bo„linadi. Bir oraliq qurilmali ko„priklarda tayanchlar bo„lmaydi, ko„p oraliq qurilmali ko„priklarda ular bir qancha bo„lishi mumkin. Tayanchlar orasidagi masofalar yig‟indisi ko„prik oralig‟i deyiladi. 102 Ko„prik qurilish balandligi deb yo„l ustki yuzasidan oraliq qurilmaning eng pastki qismigacha bo„lgan masofaga aytiladi. Ko„priklar tuzilishiga ko„ra balkali, arkali, ramali va osma turlarga bo„linadi. Ko„priklar materialiga ko„ra temirbeton, metall, beton va yog‟ochdan bo„lishi mumkin. Bazida ular aralash holatda ham ishlatilishi mumkin. Ko„prik kengligi (gabariti) G harfi va ko„prik chegarasida qatnov qismi kengligini metrda bildiruvchi son bilan belgilanadi. Ko„priklar va suv o„tkazuvchi quvurlarni hisoblashda yuqoridan tushadigan yuklarni transport vositalari g‟ildirakli yuklari ko„rinishidagi N-30 va NK-80 yuklariga hisoblanadi 9.8-rasm. 9.8-rasm. Katta temirbeton ko„prik Avtomobil yo„lini suv to„siqlar bilan kesishishidagi inshootlar kompleksiga ko„prikli o„tish deyiladi. Ko„prikli o„tishga ko„prik, suv bosmaydigan ko„tarmadan tutashma kiradi. Ko„prikli o„tish suv qo„yilishi mumkin bo„lgan daryo vodiysi bo„yicha joylashtiriladi. Ko„prikli o„tish joylarida daryoning o„zani va qayirlari bo„ladi. O„zan bu daryoning doimo suv oqadigan qismi hisoblanadi. Avtomobil yo„llari o„zaro yoki temir yo„llar bilan kesishganda yo„lo„tkazgichlar quriladi. Yo„lni ma‟lum balandlikdan o„tkazish va uning ostidan o„tish yoki boshqa maqsadlar uchun oraliq masofa qoldirib qurilgan uzun yo„lo„tkazgichlarga estakadalar deyiladi 9.9-rasm. 103 9.9-rasm. Avtomobil yo„llarini yo„lo„tkazgich asosida har satxdagi kesishishi Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling