Щзбекистон республикаси
11.3. Yo„l belgilari va ularni o„rnatishga qo„yilgan talablar
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
128 11.3. Yo„l belgilari va ularni o„rnatishga qo„yilgan talablar Avtomobil yo„llarida va shahar ko„chalarida yo„l belgilarini o„rnatish GOST 23457-86, ularning o„lchamlari esa GOST 10807-78 talablariga javob berishi kerak. Avtomobil yo„llarida yo„l belgilari quyidagi ketma-ketlikda o„rnatilishi kerak: ko„rsatuvchi (axborot-ko„rsatuvchi); imtiyoz; servis va tablichkalar; ogohlantiruvchi; buyuruvchi; ta‟qiqlovchi. O„rnatiladigan yo„l belgilarining umumiy soni yo„lda iloji boricha kam bo„lishi kerak. Har bir o„rnatilayotgan ogohlantiruvchi yoki ta‟qiqlovchi yo„l belgilari asoslangan bo„lishi shart va yo„l sharoiti yomonlashganligi oqibatida ko„rilgan majburiy chora deb tushunilishi kerak. Shuning uchun ogohlantiruvchi va ta‟qiqlovchi belgilar ko„pchilik hollarda vaqtincha o„rnatilib, ma‟lum yo„l sharoiti yaxshilangandan so„ng olib tashlanishi kerak. Shuningdek, mavsumga qarab o„rnatiladigan yo„l belgilarini ham vaqt o„tishi bilan tezda olib tashlash kerak. Yo„l belgilarini shunday o„rnatish kerakki, ularni kunning yorug‟ vaqtida ko„rish masofasi 150 m dan kam bo„lmasligi kerak. Haydovchiga u yoki bu uchastkada o„rnatilgan belgini ko„rish masofasining qiymati shu uchastkadagi tezlikning ikki barobariga yoki undan katta qiymatiga teng bo„lishi kerak. Bu holatda yangi qurilayotgan yo„llar uchun tezlik hisobiy tezlikdan 70 % olinsa, foydalanayotgan yo„llarda esa transport vositalarining 85 % tezligidan oshmaydigan tezlik qabul qilinadi. Ba‟zi hollarda o„rnatiladigan belgi bilan xavfli uchastka orasidagi masofa aniqlanishi kerak bo„lgan vaqtda u quyidagi sxemaga 11.1-rasm va formulaga asosan aniqlanishi mumkin. Agar 2 V =0 bo„lsa (to„liq to„xtash talab qilinsa), uchastkadagi tez yuruvchi avtomobillarning tezligiga qarab « l » formulaga asosan quyidagi 11.1-jadvalda ko„rsatilgan qiymatlarda o„zgaradi. 129 11.1-jadval Tez yuruvchi avtomobillarning o„rtacha tezligi r o' V km/soat 120 100 80 60 40 l m 254 200 147 99 56 Хавфли участка 11.1-rasm. Xavfli uchastkadan oldin qo„yiladigan yo„l belgisi masofasini aniqlash sxemasi l - belgidan xavfli uchastkagacha bo„lgan masofa (m); r o' V - belgigacha avtomobillarning o„rtacha tezligi (km/soat); 1 V - haydovchining “ P t ” reaktsiya vaqtida P l masofa o„tgandan keyingi tezligi (km/soat); C l - xavfli uchastkagacha sekinlashish masofasi (m); 2 V - xavfli uchastka oldidagi tezlik (km/soat). ) 24 , 1 0112 , 0 ( 8 , 25 2 ) 2 9 , 0 ( r o' 66 , 0 ур V V ур V V l Yo„l xo„jaligi xodimlari yo„l belgilarini muntazam ravishda tozalab turishlari va ko„rish uchun xalal berayotgan daraxt butalarini kesib turishlari kerak. Ketma-ket joylashtirilgan yo„l belgilari aholi yashamaydigan yo„l uchastkalarida 50 m va aholi yashaydigan joylarda esa 25 m dan kam bo„lmagan masofada o„rnatilishi lozim 11.2-rasm. Bunga chorrahalarda o„rnatiladigan yo„l belgilari kirmaydi. t p V o„r V o„r V 1 V 2 l l c l p l 0 xavfli uchastka 130 11.2-rasm. Aholi yashamaydigan joylarda yo„l belgilarini rejada joylashtirish Ko„ndalang kesimda yo„l belgilarini joylashtirishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak. Yo„lning bitta ko„ndalang kesimida uchtadan ortiq yo„l belgisini o„rnatishga ruxsat etilmaydi. Bunda qo„shimcha axborot beruvchi va qaytaruvchi belgilar hisobga olinmaydi. Bunday hollarda belgilarni gorizontal (bu ko„proq qulay bo„ladi) yoki vertikal o„rnatish kerak. Yo„l belgilari yo„lning o„ng tomonida qatnov va yo„l yoqasi qismidan tashqarida (maxsus holatlardan boshqa) o„rnatiladi. Yo„l belgilarini turlariga qarab ishlatilish joylari 11.2-jadvalda keltirilgan. 11.2-jadval Belgilarning o„lcham turlari Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling