Щзбекистон республикаси
Yo„lda harakatni tashkil qilishning texnik vositalari
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
11.2. Yo„lda harakatni tashkil qilishning texnik vositalari
O„zbekiston Respublikasi hududida foydalanishdagi etti guruhdagi: ogoxlantiruvchi, imtiyoz, ta‟qiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ko„rsatuvchi, servis, qo„shimcha axborot yo„l belgilari Venada 1968 yil qabul qilingan yo„l belgilari Konventsiyasiga va bu Konventsiyani to„ldiruvchi Jenevadagi 1971 yil Evropa kelishuvi talablariga to„liq mos keladi. Yo„l belgi chiziqlarini yo„l sharoitlarining o„zgarishiga qarab ishlatish qoidalari GOST 23457-86 «Texnicheskie sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya», ularning elementlariga qo„yiladigan talablar esa GOST 13508-74 «Dorojnaya razmetka»da keltirilgan. 127 Harakatning tartibini belgilovchi yo„l belgi chiziqlariga yo„lning qatnov qismiga, to„siqlarga va boshqa yo„l inshootlariga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar va har xil belgilar kiradi. Avtomobil yo„llarida harakatni tashkil qilishning samarali usullaridan biri yo„l belgi chiziqlarini ishlatishdir. Yo„l belgi chiziqlarini ishlatish yo„l-transport hodisalari sonining 30-50 % kamayishiga olib keladi. Ishlatilish vazifasi bo„yicha yo„l belgi chiziqlari yo„l belgilariga ko„pincha mos keladi. Lekin ko„pchilik hollarda yo„l belgi chiziqlari bir qator afzalliklarga ega. Yo„l belgi chiziqlari haydovchilarni yon atrofga qarab chalg‟itmasdan, nigohini yo„lning qatnov qismiga qaratgan holda ko„rsatmalar beradi, shuning bilan birgalikda, ular haydovchiga yo„l belgilariga nisbatan uzoq muddat mobaynida ta‟sir qiladi. Yo„l belgi chiziqlarining kamchiligiga tez edirilishi, iflos va qor tagida ko„rinmasligini ko„rsatish mumkin. Avtomobil yo„llarida yo„l to„siqlari transport vositalarining, piyodalarning harakatini tartibga solish va yo„l - transport hodisalarining oldini olish hamda ularning og‟irlik darajasini pasaytirish uchun o„rnatiladi. Yo„l to„siqlariga qo„yiladigan talablar GOST 26804-86 “Ograjdeniya dorojnie, metallicheskie barernogo tipa. Texnicheskie usloviya” da keltirilgan. Yo„l sharoitining o„zgarishiga qarab yo„l to„siqlarini qanday vaqtlarda ishlatish shartlari GOST 23457-86 “Texnicheskie sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya”da keltirilgan. Yo„naltiruvchi qurilmalardan avtomobil yo„llarida keng foydalaniladi. Yo„naltiruvchi qurilmalarga quyidagilar kiradi: - yo„naltiruvchi ustunchalar; - sun‟iy yoritgichli tumbalar; - xavfsizlik orolchalari. Agarda ularga yo„l belgi chiziqlari yoki nur qaytaruvchi plenkalar yopishtirilgan bo„lsa, yo„naltiruvchi qurilmalar vazifasini (ayniqsa kechasi) yo„l to„siqlari ham bajarishi mumkin. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling