Sifat analizi 1-jadval zamonaviy analitik kimyoning tuzilishi analitik kimyo
Kimyoviy sifat analizining asosiy tushunchalari
Download 136.09 Kb.
|
1 -maruza kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy amallarni bajarish uslubi
Kimyoviy sifat analizining asosiy tushunchalari
Analitik reaksiya – elementning borligiga dalolat beruvchi, tashqi analitik samara bilan boradigan reaksiyalar. Reagent – aralashmadagi ion (modda)ni ochib beruvchi reaktiv Maxsus reaksiyalar – tashqi samarasi (belgisi) murakkab aralashmadagi faqat bir ion (momolekula)ga xos bo‘lgan analitik reaksiya. Selektiv reaksiyalar – tashqi belgisi ayrim ionlargagina xos bo‘lgan analitik reaksiyalar. Guruh reaksiyalari – tashqi belgisi bir guruh ionlari uchun xos bo‘lgan analitik reaksiyalar bo‘lib, tegishli reagent guruh reagenti deb ataladi. Analitik reaksiyalarning sezgirligi – aniqlanuvchi ionning ochilishi mumkin bo‘lgan eng kam miqdori, to‘rtta o‘zaro bog‘langan o‘lchamlar bilan tavsiflanadi. Ochish minimumi – m (mkg) chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajmida ochilishi mumkin bo‘lgan modda (ionning) minimal massasi (mikrogrammlarda ifodalanadi 1 mkg = 10 –6g) Minimal hajm – ion (modda)ning ayni reaksiya bilan ochilishi mumkin bo‘lgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi (Vmin) Chegaraviy konsentratsiya (Vlim) – ayni reaksiya vositasida ochilishi mumkin bo‘lgan ionni g/sm3 birlikda ifodalangan minimal konsentratsiyasi Suyultirish chegarasi (W) – tarkibida 1g aniqlanuvchi ion tutgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi (sm3/g birlikda ifodalanadi). Sezgirlikni to‘rttala o‘lchami quyidagicha uzviy bog‘langan: m=Сlim*Vmin* 106= Vmin* 106/Vlim Analizni o‘tkazish uslubi bo‘yicha
Asosiy amallarni bajarish uslubi Cho‘ktirish: sentrifuga probirkasidagi eritmaga cho‘ktiruvchi reagentdan qo‘shib chayqatiladi. Dastlabki eritmaning hajmi 2sm3 dan ortiq bo‘lmasligi kerak Isitish: suv hammomida olib boriladi Eritmani bug‘latish uni konsentrlash maqsadida bajariladi: asbest to‘r ustida forfor kosacha yoki tigelda qizdirish bilan olib boriladi. Quruq qoldiq sovitilgandan so‘ng eritilib probirkaga o‘tkaziladi. Sentrifugalash – eritmani cho‘kmadan ajratish uchun qo‘llaniladi. Sentrifuga probirkalarida bajariladi. Download 136.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling