Sifat daraja kategoriyasi Reja
Download 92 Kb.
|
sifat daraja kotegoriyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiyat bildiruvchi sifatlar
Sifatning LMGlari. Darslik va qo'llanmalarda sifatning 9 ta LMG ajratiladi;
1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar. 2.Holat bildiruvchi sifatlar. 3.Shakl bildiruvchi sifatlar. 4.Rang-tus bildiruvchi sifatlar. 5.Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar. 6.Hid bildiruvchi sifatlar. 7.O'lchov bildiruvchi sifatlar. 8.O'rin bildiruvchi sifatlar. 9.Payt bildiruvchi sifatlar. Quyida ularning har birini alohida-alohida ko'rib o'tamiz. Xususiyat bildiruvchi sifatlar narsa/mavjudotlarning xarakter xususiyatini ifodalashda ko'p qo'llanadi: yoqimtoy, badjahl, muloyim, dilkash, yaxshi, yomon, loqayd kabi. Xarakter-xususiyat ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin. Holat bildiruvchi sifatlar narsa/mavjudotlarning holat yoki vaziyatini turg'un belgi sifatida ifodalaydi. Holat bildiruvchi sifatlar o'z o'rnida yana ichki guruhlarga bo'linadi: l)tabiiy holat bildiruvchi sifatlar: go'zal, mo'min, o'ktam, cho 'loq, bukir. 2)jismoniy holat bildiruvchi sifatlar: bardam, baquvvat, tetik, yosh. 3)ruhiy holat bildiruvchi sifatlar: xafa, g'amgin, ma'yus, xursand, shod. 4)iqtisodiy holat bildiruvchi sifatlar: boy, badavlat, kambag'al, nochor. 5)harorat holatini bildiruvchi sifatlar: iliq, salqin, sovuq, issiq. 6)tozalik holatini bildiruvchi sifatlar: toza, ozoda, kir, musaffo, isqirt. 7)eskilik, yangilik holatini bildiruvchi sifatlar: yangi, eski, ko 'hna, juldur. 8)ho'l-quruqlik holatini bildiruvchi sifatlar: ho'l, quruq, nam, namxush. 9)tinch va notinch holatni bildiruvchi sifatlar: tinch, jim, jimjit, solan, osuda, osoyishta, bezovta. 10)etilganlik holatini bildiruvchi sifatlar: xom, pishiq, g 'o 'r, puxta. Sliakl bildiruvchi sifatlar. Bu turdagi sifatlar narsa/predmetlarning tashqi ko'rinishlarini ifodalaydi: novcha, yassi, uzunchoq, dumaloq, yapaloq, aylana. Rang-tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil, pushti, sariq, zangor. Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar: shirin, achchiq, nordon, taxir, sho V. Download 92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling