Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Foydalanuvchining xizmat sifatini qabul qilishining yuqorida tavsiflangan modeli mazkur tushunchaga quyidagi uch tarkibiy qism birligi deb qarash imkonini beradi


Download 440.93 Kb.
bet3/5
Sana18.10.2023
Hajmi440.93 Kb.
#1708503
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Mavzu Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy

Foydalanuvchining xizmat sifatini qabul qilishining yuqorida tavsiflangan modeli mazkur tushunchaga quyidagi uch tarkibiy qism birligi deb qarash imkonini beradi:

  • Foydalanuvchining xizmat sifatini qabul qilishining yuqorida tavsiflangan modeli mazkur tushunchaga quyidagi uch tarkibiy qism birligi deb qarash imkonini beradi:
  • Asosiy sifat;
  • Talab etilgan sifat;
  • Xohlangan sifat.

Asosiy sifat;

  • Xizmatning foydalanuvchi bo`lishi shart deb hisoblagan xossalari yig`indisi. Mijoz mazkur sifatning mavjudligiga umid qilib, ishlab chiqaruvchi bilan ularni muhokama qilishni lozim topmaydi. Mehmonxona korxonasi xizmatlari uchun asosiy sifatlarga quyidagilar misol bo`ladi:
  • Mehmonxonaga joylashishda toza choyshab, yostiq jildi va sochiqlarning mavjudligi
  • Mehmonxona no`merining har kuni tozalanishi
  • Televizor hamda nomerda mavjud boshqa apparaturaning buzilmay ishlash kafolati
  • Mehmon bilan yakuniy hisob-kitobda xato qilmaslik va h.k

Talab etilgan sifat;

  • Xizmatning texnik va funksional xususiyatlari yig`indisi

Xohlangan sifat.

  • Iste`molchi xizmatning mavjudligi haqida faqat orzu qilishi mumkin bo`lgan sifat.

Ko’pgina xalqaro tashkilotlar, ya’ni Yevropa Sifat tashkiloti, ISO standartlashtirish xalqaro tashkiloti tomonidan XXI asrni - sifat asri, deb e’tirof etilishi bejiz emas. Aslida sifat- jamiyatdagi mehnatning yuksak samarasi ko’rsatkichi, milliy boylik manbai va eng muhimi, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlardan chiqish omilidir.
Hozirgi kunda sifat menejmenti tizimi (SMT) har bir rivojlangan kompaniyaning tobora muhim zaruratiga aylanib bormoqda.
ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar - SMTdan foydalanishning minimal talablarini belgilab beradi.
Sifat sohasida taniqli bo’lgan Yaponiya va Amerikaning ikkinchi jahon urushidan keyingi tiklanish jarayonlarida muhim rol o’ynagan olim Uilyam Edvard Deming ta’biricha, sifat - bu iste’molchining nafaqat istagidagi talablarini qanoatlantiruvchi, balki ushbu mahsulotning istiqboldagi holatini ham tasavvur ettira oladigan
ko’rsatkichdir
Sifat masalalari borasidagi yana bir amerikalik yirik mutaxassis Armand V. Feygenbaum- sifatni kompleks boshqarish nazariyasi mauallifi, Xalqaro Sifat akademiyasi (MAK) akademigi, sifat bo’yicha Amerika jamiyatining sobiq prezidenti sifatni shunday ta’riflaydi: “Sifatni muhandis yoki marketolog emas, balki iste’molchining qarori aniqlaydi. Raqobatli bozor sharoitida sifat to’g’risidagi tasavvur bir joyda to’xtab qolmay, betinim o’zgaradi.
Sifat tushunchasining tarixi
Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil shohi Xammurapi qonunlar majmuini yozib,(arxeologlar tomonidan 1901-1902 yillarda Suzada (qadimgi Messopotamiya hududi) tahminan tarixi m.o. 1780 yillarda yaratilgan Xammurapi qonunlar qomusi topilgan. Qomusda 282ta qonun bo’lib, ular qora toshli ustunlarga bitilgan edi), mahsulot sifati uchun javobgarlikka asos solgan. Unda agarda usta uy qursa. ammo uy chidamli bo’lmay, qulab biror odam halok bo’lsa, ustaga o’lim jazosi belgilangan. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilganlik uchun nafaqat moddiy, balki jismoniy jazolash amaliyoti qo’llanilganligi tarixdan ma’lum
SIFAT o’zi nima uchun kerak?
Меҳмонхоналарда маҳсулот ва хизматлар сифатини яхшилаш бугунги куннинг муҳим масалаларидан ҳисобланади. Сифатни яхшилаш жараёни маҳсулотни сотиш ёки хизматлар кўрсатишда фақатгина кўпроқ фойда олиш учунгина эмас, балки жамият учун, унинг равнақи учун ҳам зарурдир
“Сифат” тушунчаси меҳмонхона индустриясида қуйидаги ўзига хос хусусиятларга эга бўлади:
1) Сифат мижозларнинг эҳтиёжларини аниқ билиш ва сўнгра уларни аниқ бажаришни назарда тутади. Маълум хизматларни таклиф этиш ва уларнинг сифатини доимо яхшилашга интилиш хизматлар бозорида рақобат афзалликларига эришишга имкон беради;
2) Сифат тўғри ва тўлақонли хизмат кўрсатишни талаб қилади;
3) Сифат доимий бўлиши, бир турдаги хизматлар эса кўп марта такрор ва доимо сифатли амалга оширилиши лозим
Сифат биринчи навбатда мижознинг меҳмонхона хизмати кўрсатишдан қониқишини ҳис қилишини, сифатли хизмат кўрсатиш эса меҳмоннинг эҳтиёжи ва талабларига жавоб берадиган хизматларни билдиради. Сифат даражаси, ўз навбатида, меҳмонхона ёки ресторанларда кўрсатилаётган хизматларининг мавжуд ва кутилаётган даражаси тўғрисидаги тасаввурларнинг мос келишига боғлиқ бўлади

Download 440.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling