“Sifatlarda affiksatsiya usulida so‘z yasalishi asarlarda
Download 159.93 Kb.
|
Fayziyeva Azizaxonning
Oq rang tozalik, musaffolik, iffat, yorugʻlik, donishmandlik, haqiqat va ezgu — iroda ramzidir. Bular oq rangning bir jihati, biroq boshqa jihatiga koʻra u mota’m, oʻlim, qoʻrqoqlikni ifodalaydi. Yaponiya va Xitoyda aynan oq rang mota’m va qaygʻu rangi hisoblanadi.
Qora rangli kiyim kiyishni yoqtiruvchi odam hamma narsalarga qarshi, oʻjar. Isyon bilan hammasidan voz kechishni istaydi. Bu holat kishining kuch toʻplashi uchun vaqtincha chekingan, tin olgan davriga muvofiq keladi. Qora rangning ijobiy sifatlari ham yoʻq emas: masalan, nikoh toʻylarida kuyovning qora kastum-shimda boʻlishi yoki qora kastum-shimning rasmiy marosimlarda kiyilishi bu rangning obroʻ-e’tibor, tantanavorlik ramzi ekanligini ham ifodalaydi. Qizil rang inson hayotidagi eng kuchli hayajonni ifodalaydi. Mutaxassislarning kuzatuvlariga koʻra, kishining qizil rangli kiyim tanlashi uning oʻzini namoyon etishga boʻlgan harakati bilan bogʻliq. Shuningdek, qizil tartibsizlik, inqilob, mavjud tartib-qoidalarga boʻysunmaslik, ularni rad etish alomati hamdir. Qizilning manbayi olov, u issiqlik va harorat beradi, shuningdek, u muhabbat rangi ham hisoblanadi. Sariq rang — ochiqlik, faollik, ozodlikka va kuch-quvvatga intilish rangi. Sariq quyosh va yoz faslining rangi, u kelajakka umidvorlikni oʻzida ifodalaydi. Sariq oltin rangi boʻlganligi uchun shon-shuhrat va ilohiy hukmronlik ramzi ham hisoblanadi. Kulrang u na oq, na qora, oʻrtalikdagi neytral chegara rangdir. Kimki bu rangga koʻproq moyil boʻlsa, demak, u oʻzini hamma narsadan toʻsib chegaralab olishni, har qanday majburiyatlardan xalos boʻlib, hech narsada ishtirok etmaslikni istaydi. Kulrang kiyingan odam boshqalarning oʻzi haqida bilishlarini ista’maydi: kulrang — sirlarni yashirish xususiyatiga ega. Koʻk rang — ochiq osmon va dengiz rangi sifatida oʻzida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ruhshunos olimlar koʻk rangning inson asablariga tinchlantiruvchi ta’sir koʻrsatishini aniqlagan. Boshqa jihatdan koʻk beoʻylik, turgʻunlik, hayotdan ajralib qolish kabilarni ifodalaydi. Havoyilik, havoyi oʻylar kabi iboralar ham koʻk rangning ana shu sifatlari bilan aloqador. Koʻk sodiqlik va tartib-intizom rangi ham hisoblanadi. Download 159.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling