Sifatni boshqarish tizimi tog’risida umumiy malumotlar


Sifatni yaxshilash jarayoni


Download 22.11 Kb.
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi22.11 Kb.
#1044263
1   2   3   4
Bog'liq
Sifatni boshqarish tizimi standartlashtirish

Sifatni yaxshilash jarayoni - bu texnik darajani oshirish, mahsulot ishlab chiqarish sifatini, ishlash sharoitlarini yaxshilash, sifatni ta'minlash tizimini takomillashtirish bo’yicha doimiy faoliyat. Bu muammoni aktualligini va xalqaro amaliyotda to’plangan tajribani hisobga olgan holda xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) ISO 9004 standartlariga ilova sifatida qo’shimcha hujjat, sifatni yaxshilash umumiy qo’llanmani ishlab chiqdi. Sifatni yaxshilash faoliyatida ishlab chiqarishni ham sifatni ta'minlash tizimini ham har bir elementiga ta'sir etishi mumkin. Tovarni iste’molchilar talabi darajasiga imkon qadar mos kelishi, yangi bozor segmentiga mos tovarlarning yangi modifikasiyasini yaratish sifatni muntazam yaxshilash maqsadiga aylanishi va pirovard natijada firmaning raqobatbardosh pozitsiyalarini mustahkamlashga olib kelishi kerak. Muntazam sifatni yaxshilash jarayoni firmaning siyosatini sifat sohasidagi qismiga aylanib koladi. Yuqorida qayd etilgan zamonaviy xalqaro ISO 9000 standartida namoyon bo’lgan usullarni firmalar sifat tizimini qo’llashda hisobga olishlari kerak. Ayniqsa horij bozorlariga o’z mahsulotlarini eksport qiluvchi firmalar uchun ahamiyatlidir. Demak, korxonalar oldida qiyin masala turibdi - ISO 9000 ning ko’rsatmalarini hayotga tatbiq etish. Yuqorida aytilganidek, unga nima qilish va har bir konkret vaziyatda qanday qilib hujjatni rasmiylashtirish va amaliyotda sifatni ta'minlash tizimining elementlarini joriy etish ko’rsatilgan. Korxonani sifat sohasidagi tizimi hujjat bilan rasmiylashtiriladi va alohida hujjat sifatida yoki korxonaning sifatni boshqarish tizimi asosiy ko’rsatmalari standartida aks ettiriladi. Boshqa turlari ham ruhsat etiladi. Korxonada lavozimlar bo’yicha instruksiyalar tuzilib, unda har bir ishchi uchun vazifalari, javobgarlik darajasi, sifat ta'minoti sohasidagi vazifalari ko’rsatilgan. Har bir xizmatchining aniq ma'suliyati, xizmat doirasi, hamkorlik darajasi, qaysi bo’lim yoki alohida xizmatchilar ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ta'sir etishi loyihalash davridayoq belgilanadi. Sifat bilan bog’liq bo’lgan ishchilarning mas'uliyat darajasi ko’rsatilgan hujjat tayyorlash personalni sifatni yaxshilashga rag’batlantiruvchi tizim tuzish uchun kerak. ISO 9000 standartlarida sifat tizimini majburiy ichki tekshiruv ko’zda tutilgan. Bu bilan maxsus tayyorlovdan o’tgan xodimlar shug’ullanishadi. Bu ko’rsatma tashkiliy aspektning muhim tomonidir. Tekshiruvlar davriy rejalashtirilgan yoki rejadan tashqari bo’ladi (korxonada tashkiliy o’zgarishlar bo’lganda). Tekshiruvlar tartibi va tashkil etilishi korxona standartlari ko’rinishida hujjatlashtiriladi. Unda tekshirish usuli, ob'ekti, ob'ektlarni baholash kriteriyalari, ishchilarga talablar, tekshiruv o’tkazish tartibi va hokazolar ko’rsatiladi. Tekshiruv natijalari bo’yicha hisobot tuziladi. Unda topilgan defektlar va sabablari, sifat tizimining alohida elementlarini qoniqarsiz darajadaligi va hokazolar ko’rsatiladi. Hisobotda oldingi tekshiruv natijasida taklif etilgan chora -tadbirlarning tahlili va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha takliflar aks etish lozim. Tekshiruv natijalari korxona rahbariyatiga tegishli hulosa va qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi. ISO 9000 standartlari bo’yicha rahbariyat vakili yetkazib beruvchi tomonidan doimo sifat tizimiga bo’lgan talablarni bajarilishi uchun mas'uldir. Tekshiruvlardan tashqari standartlar vaqt - vaqti bilan joriy sifat tizimini samaradorligini tahlil qilib turishni tavsiya etadi. Tahlilning zaruriyati o’zgaruvchan tashqi faoliyat sharoitlarda kelib chiqadi. Odatda tahlilni ichki yoki mustaqil mutaxassislar olib boradi. O’zgarishlarni sifatni yaxshilash bo’yicha maqsadli ilmiy - texnik dasturga kiritish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarish umumiqtisodiy qonuniyatlar hamda bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida boshqariladi. Mahsulotni sifat ko’rsatkichlari shu mahsulotlar uchun belgilangan normativ texnik hujjatlar asosida ularga qo’yiladigan asosiy talablar asosida bunyod etilishi kerak. Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni talab va taklif bo’lganligi uchun har bir ishlab chiqargan tovarga iste’molchining qo’ygan talabi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilarning talabi davriga nisbatan doimo o’zgaruvchi bo’lganligi uchun ishlab chiqarish korxonalariga doimo yangi takliflar beriladi, shu sababli tovarlarni sifat ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligiga va ularni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatdoshligi oshib boradi. Shu sababli xalq xojaligida yangi turdagi assortimentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqargan tovarlarni sifat ko’rsatkichlari yaxshilanib ularga bo’lgan talab ortib boradi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish strukturasi bilan ishlab chiqarish o’rtasida doimo raqobat sodir bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarga kichik va o’rta biznes korxona mahsulotlarni ishlab chiqarish davrida ularni sifat ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talab doimo o’zgaruvchan bo’ladi. Shuning uchun tayyorlangan tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini har tomonlama tahlil qilib ularni iqtisodiy barqarorligi chiqarilayotgan mahsulotlarni miqdori ishlab chiqarish potensialligi, ya'ni korxonani yuqori talablarga moyil bo’lgan uskunalarga injener-texnik xodimlarga keltirilgan xom-ashyoning sifatiga va ishlab chiqargan tovarlarni sifat ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan bog’liq.

Korxonalarda sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda iste’molchilarni o’rganish, bozor infrastrukturasini o’rganish, bozordagi tovarlarni assortimentini o’rganish va tahlil qilish va to’plangan axborotlarni zamonaviy texnik informasion mashinalarda hal qilinishi va ishlab chiqargan tovarlarga baho berilishi bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga katta turtki bo’ladi. Shuning uchun mahsulotlarni sifat ko’rsatkichi baholanishi yangi assortiment mahsulotlarni yaratish ishlab chiqarishni rivojlanishga, yangi texnika - texnologiyalarni yaratilishiga asosiy omil bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish bilan iste’molchilarni birligi doimo yuqori ko’rsatkichlarga olib kelib bozor muammolarini echishda asosiy faktorlar hisoblanadi. Shunday hollar bo’ladiki miqdor jihatdan aholini talablarini qondirmasligi mumkin.


Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari past bo’lgani uchun ular iste’molchilar tomonidan qabul qilinmaydi. Bunday hollarda birinchidan ishlab chiqarishdagi tovarlarni rentabelligi juda past bo’lib, 2-tarafdan ishlab chiqarish uchun yuqori mehnat sarfi bo’lishi mumkin. Uchinchidan: ko’p miqdorda xom-ashyo sarf bo’lishi mumkin.
To’rtinchidan: ishlab chiqargan mahsulot oluvchining ehtiyojlarini qondirimasligi mumkin. Beshinchidan: yetqazib berilgan tovarni sotilishi past bo’lishi mumkin.
Bu hollar tovarlarga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Ularning rangi, mazasi, ko’rinishi aniqlansa, ba'zi bir hollarda ularning yuqori sifatliligi tayyorlangan mahsulotlarni assortimentiga ularni qaysi iste’molchiga mo’ljallanganiga qarab turib ham baholanadi.
Masalan: yosh bolalar uchun tayyorlangan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichiga planlashtirish eng yuqori darajada bo’lishi kerak.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish ularni texnik nazoratdan o’tqazish alohida nazorat organlari tomonidan boshqariladi. Bu organda xizmat qiluvchi xodimlar mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini ishlatiladigan asosiy va qo’shimcha boshqa korxonalardan kelayotgan xom-ashyo mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini tekshirish bu kirayotgan xom ashyo, keltirilayotgan mahsulot hisoblanadi. Bu holda tayyorlanayotgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlari keltirilayotgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Masalan: Lavlagidagi shakarni miqdori (yoki qandlavlagidagi) shakar olishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun boshqa korxonadan keltirilayotgan mahsulot standart talabga ega bo’lishi kerak. Hozirgi paytda mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ta'min etilishida ishlab chiqargan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash borasidagi qilinadigan doimiy ishlar, ularni rejalashtirish, doimo bozor qonunlari asosida iste’molchilarni talabini o’rganib borish davlat miqyosida amalga oshirilishi lozim. Ishlab chiqargan tovarlarga iste’molchilarni talabi bo’lmasa, bunday tovarlarni ishlab chiqarishdan olish va iste’molchilar talabiga mos tovarlarni yaratish, ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish shu bilan bir qatorda ishlab chiqargan tovarlarni sifatini yaxshilash to’g’risidagi ilmiy nazariy va ishlab chiqarish tamoyillarini bir vaqtning o’zida amalga oshirilishi lozim bo’ladi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat resurslarini taqsimoti va ko’pchilik rivojlangan davlatlardagi yuqori sifat ko’rsatkichlariga egaligi bu dunyo miqyosida, texnika-texnologiyani rivojlanishiga yangi uskunalarni yaratilishiga ishlab chiqargan mahsulotlarni raqobatbardoshligini oshirishga olib kelmoqda. Shu borada rivojlangan mamlakatlar zamonaviy uskunalar bilan o’zlarini ishlab chiqarish korxonalarini yangidan ta'min etilishi shu mamlakatlardagi mahsulotlarni ishlab chiqarish potensialining oshishiga hamda zamonaviy texnikalar orqali ishlab chiqarish mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarni yuqori darajaga etkazishga katta xizmat qiladi. Shuning uchun O’zbekistonda hozirgi davrda xalq investisiyalarini xalq xojaligiga jalb etish horijiy mamlakatlar bilan qo’shma korxonalarning barpo etilishi O’zbekistonda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishga ishlab chiqariladigan mahsulotlarni raqobatini oshirishga katta xizmat qiladi.
Normativ texnik hujjatlarda GOST-15-467-85 mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini boshqarish deb ishlab chiqarishda texnika-texnologiya bilan ta'min etilishi mahsulotni sifat ko’rsatkichini ishlab chiqarishda uni ishlab chiqarishga kirgizishda ishlab chiqarish davrida uskuna va mehanizmlarni ekspluatasiya potensialini ta'min etishda yoki iste’molchilarini talablarini qondirishda ishlab chiqargan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini boshqarishda ma'lum tomonga yunalish uchun olib boriladigan barcha ishlar va ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish ta'min etadigan barcha faktorlar mahsulotni sifat ko’rsatkichini ta'min etishda asosiy omillar hisoblanadi.



Download 22.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling