Sigirlarni sog‘ish va sutga dastlabki ishlov berishni mexanizatsiyalash


Sut sog‘ish apparatlarini ishlatish


Download 1.37 Mb.
bet2/4
Sana22.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1646478
1   2   3   4
Bog'liq
Sigirlarni sog‘ish va sutga dastlabki ishlov berishni mexanizatsiyalash

Sut sog‘ish apparatlarini ishlatish. Sut sog‘ish apparatlari yig‘iq holida pulsatsiyalanish chastotasiga rostlanadi. Odatda, eng kam pulsatsiyalanish soniga mo‘ljallab rostlash tavsiya etiladi. Shunday qilinganda sigirlarda salbiy reaksiya hosil qilinmaydi va stakanlarning yelinlardan tushib ketishga olib kelmaydi.
Sut sog‘ish apparatlarini qismlarga ajratish va yig‘ishda barcha operatsiyalarni belgilangan tartibda sinchiklab bajarish talab etiladi. Mashinada sog‘ish natijasi yig‘ish sifatiga bog‘liq. Palapartish yig‘ish paytida sog‘ish to‘xtashlarga olib kelishi mumkin. Bu esa sog‘ishga salbiy ta’sir etadi. Apparaturaning puxta ishlashi, ko‘pga chidamliligi va sutning sifati quyidagi texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarining bajarilishiga bog‘liq:
— sog‘ishdan oldin sut sog‘ish apparatlarini, tasodifiy ifloslanishlarning oldini olish uchun, issiq suv (80—90°C) bilan yuvib tashlash va sog‘ish stakanlarini isitish (36—38°C) kerak, shunda sut berish yaxshilanadi;
— sog‘ishdan oldin sut sog‘ish apparati ishini optimal pulsatsiyalanish soniga sinchiklab rostlash lozim;
— sog‘ish tugagach apparatni oldin sovuq suv o‘tkazgich suvi bilan, so‘ngra qaynoq suv bilan (80—90°C) dezinfeksiyalovchi iliq eritma (50—80°C) bilan va so‘ngra issiq suv bilan yuvish kerak; yuvish uchun sintetik yuvish vositalari (suvda eriydigan A va B poroshoklari), shuningdek, sodaning kalsiylangan suvdagi 0,5% li eritmasi ishlatiladi;
Har kuni sut sog‘ish apparatini qisman qismlarga ajratish va kollektorni yuvish kerak; sog‘ishdan keyin stakanlardagi so‘rg‘ich rezinani taranglikdan holi qilish kerak; apparatlarning uzel va detallari yuvilgandan keyin ular osilgan vaziyatda va stellajlarda quritilishi lozim;
— bir haftada bir marta apparatlarni to‘la-qismlarga ajratish va almashtiriladigan so‘rg‘ich rezina qo‘yish kerak.
Apparat qismlarga ajratilgandan so‘ng rezina detallari (pulsator membranasidan tashqari) yog‘sizlantirish uchun sodaning issiq suv (70—80°C) dagi 1% li eritmasi 30 minut vaqt davomida tutib turiladi, cho‘tka bilan tozalanadi va issiq suvda yuviladi. Almashtiriladigan rezina sodaning suvdagi 1% li eritmasida yarim soat davomida qaynatiladi va uning egiluvchan xossasini tiklash uchun kaustik sodaning 5% li eritmasiga solib shkafda 2—3 hafta saqlanadi. Bitta komplekt rezinani uzoq ishlatishga ruxsat etilmaydi, chunki u sut yog‘ini shimib olib, elastikligini yo‘qotadi.
Almashtiriladigan ikki yoki uch komplektdan foydalaniladigan xo‘jaliklardagi sog‘ish stakanlarining rezinalari ko‘pga chidaydi. Pulsatorning membranasi kerak bo‘lganda oyiga bir marta almashtiriladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling