Sigirlarni sog‘ish va sutga dastlabki ishlov berishni mexanizatsiyalash


Download 1.37 Mb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1646478
  1   2   3   4
Bog'liq
Sigirlarni sog‘ish va sutga dastlabki ishlov berishni mexanizatsiyalash

Sigirlarni sog‘ish va sutga dastlabki ishlov berishni mexanizatsiyalash



Reja:


1. Sog‘ish qurilmalarining turlari. Sog‘ish qurilmalari va apparatlarining tuzilishi
2. Sutga dastlabki ishlov berishni mexanizatsiyalash. sovitish qurilmalari


1. SOG‘ISH QURILMALARINING TURLARI.
SOG‘ISH QURILMALARI VA APPARATLARINING TUZILISHI
Mashinada sut sog‘ishda mehnat unumi ortadi, kishilarning ishi yengillashadi hamda toza sut olinadi. Bunday sut sog‘ish sut sog‘ish mashinalarining bir qismini tashkil etuvchi (69-rasm) maxsus sut sog‘ish apparatlari bilan amalga oshiriladi. Uning tarkibiga vakuum manbayi dvigatel 1 bilan harakatlantiriladigan vakuum nasos 3, vakuum quvurlar tizimidan tashkil topgan vakuumli magistral kiradi. Quvurlar tizimi sut sog‘ish olib boriladigan bino ichidan o‘tkaziladi. Vakuum-quvurlar sut sog‘ish apparatlari biriktiriladigan havo kranlari bilan jihozlangan.
Sut sog‘ish apparatlari ish jarayonida molning organizmi bilan bevosita kontaktda bo‘lib, unga ma’lum ta’sir ko‘rsatadi, yelindan sut chiqishini ta’minlaydi, sutni yig‘adi va sut idishlariga jo‘natadi. Aslida molning yelini bilan sut sog‘ish apparatining ijroiya organiyelin so‘rg‘ichlariga kiygiziladigan sog‘ish stakanlari komplekti bevosita kontaktda bo‘ladi. Qolgan uzel va mexanizmlar sog‘ish stakanlarining ish rejimini ta’minlaydi. Bu rejim mashina bilan sut sog‘ishda mol organizmida sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlarga juda mos kelishi kerak.
Shunday qilib, sut sog‘ish apparatiga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablardan biri, uning mollar individual fiziologik xususiyatlariga to‘la mos kelishidir. Amalda bunday apparatlar bir qator qiyinchiliklar bilan yaratiladi. Bu qiyinchiliklarga mollar nerv tizimlarining turli reaksiyalari va sut bezlari har qaysisining alohida holda turlicha ishlashi kiradi.
Mashinada sog‘ish usullari. Mashinada sut sog‘ishning ikkita asosiy usuli — vakuum yordamida so‘rib olish va sutni yelin so‘rg‘ichlaridan mexanikaviy siqib chiqarish usuli bor. Keyingi usul qo‘lda sog‘ishga o‘xshash bo‘lib, qoniqarsiz ishlab chiqilgan va shu sababdan amalda ishlatilmaydi. Vakuumli sut sog‘ish mashinalari ularning texnik rivojlanishi davrida ikki taktli va uch taktli prinsiðda

ishlaydigan ikkita asosiy guruhga bo‘lingan. Ikki kamerali sog‘ish stakani (sut sog‘ish apparatining ijroiya organi) da so‘rish rezinasi joylashgan silindrik yoki konussimon korpus bo‘lishi mumkin. So‘rish rezinasi trubka shaklida ishlangan bo‘lib, yuqori qismi so‘rg‘ichbob va pastki qismi torayib boradigan qilib ishlangan. Korpus bilan so‘rg‘ich rezinasi orasidagi halqasimon (devorlararo) bo‘shliq rezina patrubkalar va naycha yordamida apparatning kollektori hamda pulsatori bilan biriktirilgan. So‘rg‘ich rezinasi ichidagi bo‘shliq (so‘rg‘ich osti kamerasi) kollektorning sut kamerasi orqali sut o‘tadigan rezina patrubkalar va quvurlar yordamida sut idishiga birikkan.
70-rasmda sog‘ish stakanining ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. Stakanning devorlararo va so‘rg‘ich osti bo‘shliqlarida ma’lum kattalikdagi vakuum hosil bo‘lgandan keyin so‘rg‘ich rezina sutning yelin so‘rg‘ichidan chiqishiga to‘sqinlik qilmaydi — so‘rish takti. Devorlararo bo‘shliqqa havo kiritilganda so‘rg‘ichlarni massaj qiluvchi va sutning chiqishini to‘xtatib turuvchi so‘rg‘ich rezina siqiladi — siqish takti. So‘rish va siqish taktlarining ketma-ketligi pulsatorning ishi bilan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Ikki taktli sut sog‘ish apparatining ishlash prinsiði shundan iborat.
Yelin ichidagi bosim ortganda (oksitosinning ta'sirida hisobiga) va stakanning so‘rg‘ich osti bo‘shlig‘ida sutni intensiv chiqishida vakuumning kattaligi pasayganda so‘rg‘ich rezinasining so‘rg‘ichga ta'siri siqish takti vaqtida kamroq bo‘ladi va bunda u sut oqimini uzmaydi, uning intensivligini pasaytiradi, xolos. Bu jumladan, ikki taktli sut sog‘ish apparatlari ish unumigining (uch taktliga nisbatan) ancha yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu apparat maksimal sut berish davrida sutning chiqishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Sut sog‘ishda shunday payt keladiki, bunda sutning sut bazlaridan elin sisternalariga kelishi, sutning apparat bilan chiqarilishidan kam bo‘ladi. Bunda yelinning tez sutdan bo‘shatilishi va quruq elinni sog‘ishga o‘tish xavfi vujudga keladi, oqibatda sigir mastit kasalligi bilan kasallanishi mumkin.
Sut berish to‘xtagandan so‘ng sut sisternalari bo‘shlig‘iga vakuum kirmasligi uchun elinlaridan sut sog‘ish stakanlarini tezda olish kerak, aks holda vakuum sut bezlaridagi qon tomirlarining yorilishiga va qon sog‘ishni vujudga kelishiga, natijada sigirning kasallanishiga sabab bo‘lishi mumkin. bunday xavfning

oldini olish uchun ikki taktli apparatning ish sikliga uchinchi takt-dam olish takti kiritilgan. Bunda siqish taktidan so‘ng sut sog‘ish stakanlarining so‘rg‘ich osti bo‘shliqlariga atmosfera havosi kiritiladi va natijada stakanning ikkala kamerasidagi bosim atmosfera bosmiga yaqinlashadi. Ikki yoki uch taktli appparatlarni ishlayotganda sog‘ish jarayonini nazorat qilish, sog‘ish apparatlarini sigir yelinlaridan o‘z vaqtida olish va u yoki bu tiðdagi sut sog‘ish apparati bilan sog‘ishga yaroqli sigirlarni tanlash lozim.
Shuningdek, laboratoriya sinovlari bosqichidan turgan siqishso‘rish-siqish-dam olish to‘rt taktli sikli bo‘yicha ishlaydigan sut sog‘ish apparatlari hamda so‘rish –dam olish-so‘rish sikli bo‘yicha ishlaydigan apparatlar bor. Ikkinchi tið apparatda burmalangan so‘rg‘ichbop rezina bilan jihozlangan bir kamerali sut sog‘ish stakanlari bor. Stakan kamerasida siyriqlanish hosil qilinganida sut chiqadi. So‘rg‘ichbop rezina siqiladi, yelin so‘rg‘ichlari bir oz uzayadi va kamera bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Bunda so‘rg‘ichning tanasi vakuumning ta'sir doirasida chetga chiqadi. Stakanga havo kirishi bilan sut chiqishi to‘xtaydi va elin so‘rg‘ichlarini dastlabki holatiga qaytaradi-dam olish takti. “Stimul” sut sog‘ish apparati shu prinsiðda ishlaydi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling