Sigirlarni sog‘ish va sutga dastlabki ishlov berishni mexanizatsiyalash


Separatorlar. Separatlash jarayoni


Download 1.37 Mb.
bet4/4
Sana22.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1646478
1   2   3   4
Bog'liq
Sigirlarni sog‘ish va sutga dastlabki ishlov berishni mexanizatsiyalash

Separatorlar. Separatlash jarayoni. Sutdan sut yog‘ini qaymoq ko‘rinishida ajratish uchun tabiiy tinitish hodisasidan foydalaniladi. Bunda sut solingan, tinch holatda turgan idishda sutning yog‘ zarralari (sharchalari) idishning erkin yuzasiga qaymoq qatlami hosil qilgan holda suzib chiqadi.
Separatlanadigan sutning temperaturasi pasayganda uning qovushoqligi ortadi, ya’ni sutning ajralish xususiyati yomonlashadi, odatda separatorlar sut temperaturasi taxminan 36—45°C bo‘lganda normal ishlashga loyihalangani uchun separatlanish temperaturasining pasayishi ajralish jarayonini yomonlashtiradi va yog‘ining sut bilan chiqib ketishini oshiradi. Qaymog‘i olingan sutning ruxsat etilgan yog‘liligi 0,03%.
Separatorlarning tasnifi. Sut separatorlari vazifasiga qarab, qaymoq ajratkichlar, sut tozalagichlar, normalizatorlar, yog‘li qaymoqlar olish separatorlari va almashtiriladigan barabanli universal separatorlarga bo‘linadi. Sut uzatish va separatsiya qilingan mahsulotlarni olib ketish usuli bo‘yicha ochiq, yarim berk va berk separatorlarga bo‘linadi. Bularda separatsiya qilingan mahsulotlarni olib ketish va sutni uzatish ochiq yoki tashqi muhitdan berk quvurlar tizimda amalga oshiriladi. Separatorlarning yuritmasi qo‘lda, elektrik dvigatel yordamida va kombinatsiyalashtirib harakatlantiriladi.

ADABIYOT



  1. Iofinov S. A., Babenko E.P., Zuyev Y.A. Mashina-traktor parkidan foydalanishga oid spravochnik. T., „Mehnat“, 1988.

  2. Shoumarova M., Abdullayev T. Qishloq xo‘jaligi mashinalari T., „O‘qituvchi“, 2002.

  3. B.M.Tojiboyev. Chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish. T., „Mehnat“, 2002.

  4. B.M. Tojiboyev, A.S.Sirojiddinov. Chorvachilik va chorvachilikni mexanizatsiyalashga oid ruscha-o‘zbekcha lug‘at. T., Uzgiðrozem, 1994. 5. Matchonov R.D., Usmonov A.S. Agrosanoat mashinalari. Ma’lumotnoma. T., „Yangi asr avlodi“, — 2002.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling