Сигирларнинг сут махсулдорлигига озиқлантиришни таъсири
Bitiruv malakaviy ishining mavzusida qo’yilgan masalalar va uni bajarish uslubi
Download 79.33 Kb.
|
Laktatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Sigirlarning sut mahsuldorligiga zotining ta’siri
1. Bitiruv malakaviy ishining mavzusida qo’yilgan masalalar va uni bajarish uslubiIshni bajarish quyidagi tartibda olib borilishi rejalashtirildi: - mavzu bo’yicha ilmiy izlanishlar natijasida olingan ma’lumotlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish; chorvachilik va uning asosiy tarmog’i xisoblangan qoramolchilikni bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror rivojlantirishga oid Davlat qonunlari, Respublika Prezidentining qaror va farmonlari Davlat dasturlari hamda Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tanishish va to’liq taxlil qilib o’zlashtirib olish; sut va qoramol go’shti ishlab chiqarishni dunyo, MDH va Respublikamizdagi xolati va uning rivojlanish istiqbollari bilan tanishish. chorva mollari, shu jumladan qoramollarning sut mahsuldorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va zootexnikaviy tadbirlarni tashkil qilish masalalari bo’yicha xulosa qilish; qoramollarning sut mahsuldorligi bo’yicha baholanganda, e’tibor berilishi lozim bo’lgan: zoti, zotdorligi, yoshi, tirik vazni, semizlik darajasi, 1 kg sut uchun sarflagan ozuqa miqdori, sutning sifati ya’ni uning tarkibidagi yog’ va oqsil ko’rsatkich, sutdorlik koeffisiyenti, kabi ko’rsatkichlar to’g’risida tushunchaga ega bo’lish; sut ishlab chiqarishni iqtisodiy samaradorligini hisoblashni o’ziga xos tomonlarini bilish; -olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarishga amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dan iborat . 2.2. Sigirlarning sut mahsuldorligiga zotining ta’siriSigirlarning sut mahsuldorligiga juda ko’p omillar ta’sir etsada, ular ichida zotini ta’siri alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda va chet ellarda turli zotga mansub sigirlarning sut mahsuldorligi ko’p olim va olimalar tomonidan o’rganilgan. G. Basiladze va N.Gosiridze (2004) larning olib borgan ilmiy izlanishlarida, turli zotga mansub sigirlardan sog’ilgan sutdan, pishloq tayyorlashda turlicha miqdorda sut sarflanishini ta’kidlangan. Ularning tajribasida 1 – guruhga 14 bosh qora –ola zotli va 2 guruhga 14 bosh kavkaz qung’ir zotli sigirlar berkitilgan, 305 kun davomida tajriba olib borganlar. Molxonada qora –ola zotli sigirlar tajriba guruhidagi (2 guruh) sigirlarga nisbatan 10-12 % ko’p oziqa berib boqilgan. Rasionlar to’yimliligi bo’yicha muvozanatlashtirilgan bo’lib; 18,5 % pichan, senaj 27,7; silos 31,4; ildizmevalilar -5; omuxta yem – 17,5 % ni tashkil etgan. Yaylovda (kavkaz tog’larida) boqilganda qora – ola zotli sigirlar kuniga 44 kg, 2 guruhdagi sigirlar esa 40 kg ko’k o’t iste’mol qilganligi kuzatilgan. Download 79.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling