Silikat g'isht Silikat betonlar
Download 0.64 Mb.
|
Silikat g’isht va toshlarni ishlab chiqarilishini loyixalash.
Silikat g’isht va toshlarni ishlab chiqarilishini loyixalash. Reja: Silikat buyumlar. Silikat g'isht Silikat betonlar 1. Silikat buyumlar Silikat buyumlar ohak yoki u asosidagi aralash bog'lovchilar, qum, kukun giltuproqli qo'shimchalar va suv qorishmasini qoliplash va reaktor-avtoklavlarda 0,8-1,3 MPa bosim ostida va 175-200°C bug' yoki bug'-havo aralashmasi haroratda ishlov berib tayyorlanadi. Ohak bog'lovchi kvars qumi va suv aralashmasidan tayyorlangan buyum avtoklavda ishlov berilganda kalsiy gidrosilikat hosil bo'ladi: Ca(OH)2+SiO2=mH2O=CaO∙SiO2∙nH2O Qorishmani tashkil etuvchilarning tarkibiga qarab turli gidrosilikatlar hosil bo'ladi: tobermorit 5CaO∙6SiO7∙5H2O, kuchsiz kristallangan gidrosilikatlar: (0,8-1,5) CaO∙SiO2∙H2O va (1,5-2) CaO.SiO H,O. Yuqori miqdorda ohakli qorishmalardan gillebrandit 2CaO SiO2xH2O hosil bo'ladi. Avtoklav gorizontal holda joylashgan po'lat silindr bo'lib, yon tomonlari zich yopiladigan qopqoqlar bilan jihozlangan (9.1-rasm). Avtoklavning uzunligi 21-30 m, diametri 2,6-3,6 m. Avtoklav uzluksiz bosimni o'lchashga mo'ljallangan monometr va bosim me'yordan oshib ketganda avtomatik ravishda ochiladigan saqlagich klapan bilan jihozlangan. Avtoklavning pastki qismiga buyum ortilgan vagonetkalar yurishga mo'ljallangan relslar yotqizilgan. Avtoklav, issiqlikni saqlash maqsadida, issiqlik izolatsiyasi materiallari bilan qoplanadi. Avtoklav ishlov berish jarayonini boshqarish va avtomatik nazorat qilish maqsadida maxsus moslama, profesessor yoki kompyuterlar bilan jihozlanadi. Izotermik ishlov berish I75-200°C, 0,8-1,3 MPa da 4-8 soat davom etadi va 2-4 soat davomida bug' bosimi tushiriladi. Silikat buyumlar tayyorlash umumiy jarayoni 8-14 soat. Avtoklavga buyum yuklangach, qopqoqlari yopiladi va asta-sekin bug' kiritiladi. Avtoklavda ishlov berish jarayonida buyumda ichki zo'riqishlar me'yordan ortiq hosil bo'lmasligi uchun harorat 1,5-2 soat davomida asta-sekin ko'tariladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling