Silikat g'isht Silikat betonlar


Download 0.64 Mb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1630170
1   2   3   4
Bog'liq
Silikat g’isht va toshlarni ishlab chiqarilishini loyixalash.

3. Silikat betonlar
Silikat betonlar tayyorlashda havoyi ohak va kvars kukuni (kremnezyom) aralashmasi bog'lovchi sifatida ishlatiladi. Kvars kukuni o'rniga kukun domna shlaki kukuni yoki kullar ishlatiladi. Ohak-kremnezyomli bog'lovchi muslahkamligi ohakning aktivligi CaO/SiO2, nisbatiga, kvars qumining kukuniligiga va avtoklavda ishlov berish rejimiga bog'liq bo'ladi. Kvars qumi kukunligi va CaO/SiO2 nisbati optimal bo`lganda, CaO va SiO2, asosida kichik tartibdagi kalsiy gidrosilikatlar to'liq hosil bo'ladi (4-rasm).



4 rasm. Kvars qumining kukunliligi va miqdorining silikat beton mustahkamliliga ta'siri
Silikat beton tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: ohak-kremnezyomli bog'lovchini tayyorlash, silikat beton qorishmasini tayyorlash va gomogenlashtirish, buyumni qoliplash va avtoklavda ishlov berish. Silikat betoniga avtoklavda ishlov berilganda betonning hamma komponentlari o'rtasida kimyoviy reaksiyalar ketadi va strukturani zichlashtiruvchi yangi mahsulotlar (ayniqsa kvars qumi bilan) hosil bo'ladi.
Silikat betonlar og'ir, yengil va yacheykali. bo'ladi.
Og'ir silikat beton buyumlarning o'rtacha zichligi 1800-2500 kg/m3. Uning siqilishdagi mustahkamligi silikat beton tarkibiga, avtoklavda ishlov berish rejimiga va boshqa omillarga bog'liq bo'lib, katta oraliqda o'zgaradi. Oddiy tarkibdagi silikat betonning (ohak 8-11%, massa bo'yicha) mustahkamligi 15-30 MPa. Uning tarkibiga 15-30% kremnezyom kukuni kiritilsa, mustahkamlik 40-60 MPa gacha oshadi. Maxsus texnologik usullar tufayli og'ir silikat beton mustahkamligi 80 MPa gacha oshiriladi. Og'ir silikat betonning suvga chidamliligi qoniqarli, suvda mustahkamlikni 25% ko'p yo'qotmaydi. Sovuqqa chidamliligi bo'yicha markasi F25 va F35, portlandsement qo'shib F100 gacha oshiriladi.
Og'ir silikat betondan yuk ko'taruvchi tashqi devor bloklari, panellari, qavatlararo plitalar va panellar, ustunlar, to'sinlar, zinapoyasi va maydonchasi, sokol bloklari va shu kabilar tayyorlanadi (5-a,b rasm).


a)

b)



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling