Silikat g'isht Silikat betonlar


- rasm. a- silikat betonli panel


Download 0.64 Mb.
bet4/4
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1630170
1   2   3   4
Bog'liq
Silikat g’isht va toshlarni ishlab chiqarilishini loyixalash.

5- rasm. a- silikat betonli panel, b- silikat betonli blok.


Yengil silikat betonlar olishda g'ovak to'ldirgich sifatida keramzit, agloporit, donador shlak, shlak pemzasi va shu kabilar ishlatiladi.
Ular o'rtacha zichligi 1400-1800 kg/ m3 bo'lgan konstruktiv, o'rtacha zichligi 500-1400kg/m3 konstruktiv-issiqlik izolatsiyasi va o'rtacha zichligi 500 kg/m3, issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,5-0,7 W/(m -°C) bo'lgan issiqlik izolatsiyasi turlarga bo'linadi.
Yengil silikat betonlarning siqilishidagi mustahkamligi 3,5-20 MPa. Ularning suv shimuvchanligi hajm bo'yicha 12-30%. sovuqqa chidamliligi F15, F25, F35 va F50 markalarda bo'ladi.
G'ovak to'ldirgich asosidagi yengil silikat betonlardan turarjoy binolari tashqi devor panellari, bloklari va shu kabilar tayyorlanadi.
Yacheykali silikat betonlar ko'pik va gazsilikatlarga bo'linadi. Ko'piksilikat barqaror ko'pik, gazsilikat esa aluminiy kukuni va boshqa gaz hosil qiluvchi komponentlarni ohak-qum plastik aralashmasi tarkibiga kiritib, avtoklavda ishlov berib olinadi.
Ularning o'rtacha zichligi 300-1200 kg/m3, mustahkamligi 1-20 MPa, issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,09-0,4 W/(m °C). Yacheykali silikat betonlar issiqlik izolatsiyasi, konstruktiv-issiqlik izolatsiyasi va konstruktiv buyumlarga bo'linadi.
Issiqlikizolatsiyasi yacheykali silikat betonlar (pm=300-500 kg/m3) ko’pqatlamli panellar, cherdak ora yopmalari, sovitish xonalari, quvurlari va boshqa joyiarda qobiq hamda plitalar shaklida
ishlatiladi. Konstruktiv-issiqlik izolatsiyasi yacheykali silikat betonlari (pm=500-800 kg/m3, mustahkamligi 2,5-7,5 MPa) ichki va tashqi devorlar uchun armaturalangan plita va panellar tayyorlashda ishlatiladi.
Konsiruktiv ko'piksilikat va gazsilikatlar (pm=800-1200 kg/m3, mustahkamligi 7,5-20 MPa) sanoat binolarining tom yopma konstruksiyalari, jamoat va turarjoy binolarining qavatlararo va cherdak yopmalari va boshqa armaturalangan konstruksiyalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling