Silikat (keramik, qoplama)


Fasadbop keramik plitalar


Download 27.79 Kb.
bet7/9
Sana09.06.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1469658
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
silikat g\'ish

Fasadbop keramik plitalar.
Gilam nusxa keramika - turli rangli, glazurlangan va sirlanmagan kichik oʼlchamli plitkalar boʼlib, gilam nusxasida kraft qogʼozga oʼng yuza bilan yelimlanadi. Qorishma bilan yaxshi yopishishi uchun yuzasi taram-taram holda tayyorlanadi. Gilam nusxa koshinkor plitkalar oʼlchamlari 48x48 va 22x22 mm. qalinligi 4 mm. ulardan tayyorlangan gilamlar oʼlchami 724x46 va 672x424 mm holda zavodda tayyorlanadi.
Plitkalaming suv shimuvchanligi 12 foizgacha, sovuqqa chidamligi esa F25 kam boʼlmasligi kerak. Plitkalar uysozlik temirbeton panellaming tashqi yuzalarini, transport va sport inshootlari, savdo markazlari kabi binolarni bezashda ishlatiladi.
Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar - mayolika va fayans turlariga boʼlinadi. Fayans plitkalari kaolin, dala shpati va kvars qumi aralashmasi, mayolika esa qizil gillardan press avtomatlarda yarim quruq presslash usullarida tayyorlanadi.
Plitkalar sirlangan va sirlanmagan, gulli va gulsiz, relyef-omamentli, shaffof, yaltiroq va yaltiramaydigan, bir xil rangli va turli rangli boʼlishi mumkin. Plitkalar shakli ya ishlatish joyiga qarab kvadrat, toʼgʼri toʼrtburchak, fason shaklli boʼladi.
Ichki bezak plitkalari 150x150, 150x100, 150x75 va qalinligi 4-6 mm va boshqa o ʼfehamlarda ishlab chiqariladi (3.4-rasm). Ichki devor plitkalarining suv shimuvchanligi 16 foizgacha, egilishdagi mustahkamlik chegarasi 12 MPa boʼlishi, 125±5°C dan 15-20°C gacha harorat oʼzgarishida darzlar hosil boʼlmasligi kerak.
Gilam nusxa-koshinkor plitkalar quyma usulda tayyorlanadi. Ular 20 tur oʼlchamlarda ishlab chiqariladi: chekkalari 25, 35, 50, 75, 100 va 125 mm. kvadrat, 25x100 mm. toʼrtburchak shaklida va boshqa oʼlchamlarda boʼladi. Plitkalaming qalinligi 2,5 mm. tashqi yuzasi turli rangli va fakturali boʼladi.
Ichki devorlarning bezak plitalari turar joy, jamoat va sanoat binolarining sanitariya-gigiyena xonalarini bezashda, konstruksiyalarni namdan va vaqtincha alangadan saqlash maqsadida qoplanadi.
Polbop keramik plitkalar - qiyin eriydigan va erimaydigan gil va qoʼshimchalar asosidagi xomashyo pishirib olinadi. Polbop plitkalar suv oʼtkazmaydigan, kislota va ishqor eritmalari, yogʼ va shirin moddalar eritmalariga chidamli, yedirilishga bardoshli boʼlishi kerak. Suv shimuvchanligi 4 foiz oshmasligi shart. Plitkalar kvadrat, toʼgʼri toʼrtburchak, besh, olti, sakkiz qirrali, turli oʼlchamlarda ishlab chiqariladi. Plitkalar yuzasi silliq, relyefli, bir va bir necha rangli, yaltiroq va yaltiramaydigan, rasmli va rasmsiz boiadi. Hozirgi kunda yirik oʼlchamli plitkalar (200x200x11 mm. va yuqori) bino pollarini bezashda ishlatilmoqda. Pollarni qoplash uchun tomonlari 23 va 48 mm. boʼlgan qalinligi 6 va 8 mm. kvadrat va toʼgʼri burchakli mozaikali plitkalar ishlatiladi. Plitkalar oq va rangli, suv shimuvchanligi 4 foizgacha boʼladi.

Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling