Simlarining turlari. Reja Havo liniyalarining iSh Sharoitlari, ularning tuziliShi, iShlatiladigan materiallarga talablar


a- 6-10 kV uchun mo‘ljallangan Shtirli izolyator; b


Download 0.92 Mb.
bet5/5
Sana19.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1213938
1   2   3   4   5
Bog'liq
havo linyalari

a- 6-10 kV uchun mo‘ljallangan Shtirli izolyator; b- likopchasimon osma izolyator.
Osma izolyatorlar oraliq tayanchlarda tutib turuvchi va anker tayanchlarda tortib turuvchi Shodalarga yig‘ilgan ko‘riniShda foydalaniladi. SHodadagi izolyatorar soni HLning kuchlaniShi bog‘liq holda aniqlanadi. Masalan, metall va temirbeton tayanchli HLlarining tutib turuvchi Shodalarida 35 kV uchun 3 ta; 110 kV – 6-8 ta; 220 kV – 10-14 ta va h.k.
Havo liniyalarining armaturalari.
HLda o‘tkazgichlarni izolyatorlarga va izolyatorlarni tayanchlargi mahkamlaSh uchun xizmat qiluvchi armaturalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: o‘tkazgichlarni osma izolyatorlar Shodasiga mahkamlaSh uchun xizmat qiluvchi qisqichlar; izolyatorlar Shodalarini tayanchlarga va ularni o‘zaro ketma-ket osiSh uchun xizmat qiluvchi ulovchi armaturalar; osiliSh oraliqlarida o‘tkazgichlar va troslarni ulaSh uchun xizmat qiluvchi tutaShtirgichlar.
Ulovchi armatura skoba, sirg‘a va quloqchalardan taShkil topgan. Skoba Shodalarni tirsaklarga eki tirsaklarning mahkamlovchi detallariga tutaShtiriSh uchun xizmat qiladi. Tutib turuvchi izolyatorlar Shodasi (6.10a-rasm) oraliq tayanch tirsagiga sirg‘a 1 yordamida mahkamlanadi. Sirg‘a bir tomondan skoba yoki tirsak detaliga, ikknchi tomondan yuqoridagi izolyator Shapkasi 2 ga tutaShtiriladi. Pastki izolyatorga quloqcha 3 orqali tutib turuvchi qisqich 4 maxkamlanadi. Qisqich 4 ning ichiga o‘tkazgich 5 joylaShtiriladi.
SHodalarda o‘tkazgich va troslarni mahkamlaSh uchun xizmat qiluvchi qisqichlar ikkiga – oraliq tayanchlarida o‘rnatiladigan tutib turuvchi va anker tayanchlarida o‘rnatiladigan tortib turuvchi qisqichlarga bo‘linadi. O‘tkazgichni mahkamlaSh mustahkamligi bo‘yicha tutib turuvchi qisqichlar o‘ta mustahkam va cheklangan mastahkamlikdagi qisqichlarga bo‘linadi. O‘ta mastahkam qisqichda (2.1.11v-rasm) siquvchi bolt 1 plaShcha 2 yordamida o‘tkazgichni qisqich korpusi 3 ga («qayiqchaga») siqadi va uni bir tomonlama tortiSh ta’sir etganda qo‘zg‘almas holda tutib turadi. O‘ta mustahkamlakdaga qisqichlar hozirga davrda 35-500 kV kuchlaniShli HLlarida foydalaniluvchi asosiy qisqichlardir.
CHeklangan mustahkamlikdagi qisqichlar 500 kV kuchlaniShli HLlarida foydalaniladi. O‘tkazgich uzilganda u qisqich orqali ikkinchi tomonga sirpanib o‘tadi va natijada oraliq tayanchiga ta’sir etuvchi yonlama kuch kamayadi.
Anker tayanchlarida o‘tkazgichlar tortib turuvchi qisqichlar yordamida butunlay mahkamlab qo‘yiladi. Bunda bir osiliSh oralig‘idagi o‘tkazgich boShqa orliqdagi o‘tkazgichga sirtmoq yoki Shleyf orqali ulanadi. Tortib turuvchi qisqichlarning bir nechta–35-500mm2 ko‘ndalang kesimli o‘tkazgichlarni tutaShtiriShda qo‘llaniluvchi - boltli, 300 mm2 va undan yuqori kesimdagi o‘tkazgichlarni tutaShtiriShda qo‘llaniluvchi - presslanuvchi, po‘lat troslarni mahkamlaSh uchun qo‘llaniluvchi - tirsakli turlari muvjud.
Boltli qisqichlar (2.1.11g-rasm) korpus 1, plaShcha 2, gayka bilan siquvchi boltlar 3 va alyuminiydan yasaluvchi prokladka 4 lardan iborat. Siqiluvchi qisqichlar (2.1.11d-rasm) po‘lat anker 1 va alyuminiy korpus 2 dan taShkil topgan. Po‘lat ankerda o‘tkazgichning uzunlikdagi po‘lat o‘zagi va alyuminiy korpusga o‘tkazgichning uzunlikdagi alyuminiy qismi xamda Shleyfning uzunlikdagi qismi presslanadi.

2.1.11-rasm. Tutib turuvchi va taranglab turuvchi izolyatorlar Shodalari va armaturalar.


a-qat’iy qisqichli tutib turuvchi izolyatorlar Shodasi; b-bolt qisqichli taranglab turuvchi izoltorlar Shodasi; v-qat’iy tutib turuvchi qisqich; g-boltli taranglab turuvchi qisqich; d-presslanuvchi taranglab turuvchi qisqich; e,j-siqiluvchi va buraluvchi oval ulagichlar.
Sanoatda o‘tkazgichlar ma’lum uzunlikdagi bo‘laklar ko‘riniShida iShlab chiqariladi. HLlarida ularni ulaSh uchun tutaShtirgichlar qo‘llaniladi. Ular oval va presslanuvchi tutaShtirgichlarga bo‘linadi.
Oval tutaShtirgichlar 185 mm2 va undan kichik kesim yuzali o‘tkazgichlarni tutaShtiriShda qo‘llaniladi. Presslanuvchi tutaShtirgichlar esa 240 mm2 va undan yuqori o‘tkazgichlar hamda troslarni tutaShtiriShda qo‘llaniladi.
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling