Simlarining turlari. Reja Havo liniyalarining iSh Sharoitlari, ularning tuziliShi, iShlatiladigan materiallarga talablar


-rasm. A-Ankerlar orasidagi va P-oraliq tayachlar;l-oraliq


Download 0.92 Mb.
bet4/5
Sana19.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1213938
1   2   3   4   5
Bog'liq
havo linyalari

2.1.8-rasm. A-Ankerlar orasidagi va P-oraliq tayachlar;l-oraliq





Bir tizimli tayanchlarda simlar uchburchakning cho‘qqisida yoki gorizontal tekislikda (2.1.8 a,b -rasm), ikki tizimlida esa to‘g‘ri va teskari "archa" ko‘riniShida yoki oltiburchak (2.1.9.g,e-rasm, "bochka" ko‘riniShida) ko‘riniShida joylaShadi.
Uchburchakning cho‘qqisida joylaShtiriSh kuchlaniShi 20 kV gacha bo‘lgan liniyalarda, hamda 35-330 kV kuchlaniShli metall va temir-beton tayanchli liniyalarda qo‘llaniladi. Simlarni gorizontal joylaShtiriSh 330 kV va undan yuqori kuchlaniShli liniyalarda ko‘llaniladi. Simlarni bunday joylaShtiriSh foydalaniShda juda qulay hisoblanadi, chunki juda past tayanchlardan foydalaniSh imkonini beradi va simlarni chuvalaShib ketiShini yo‘q qiladi.
Ikki tizimli liniyalarda simlarni teskari "archa" (2.1.9 g-rasm) ko‘riniShida joylaShtiriSh yig‘iSh paytida qulay hisoblanadi, lekin tayanch og‘irlikni oShiradi va ikkita himoya trosslarini o‘rnatiShni talab qiladi. SHuning uchun "bochka" ko‘riniShidagi joylaShtiriSh (2.1.9 v -rasm) 35-330 kV li ikki tizimli liniyalarda qo‘llaSh taklif qilingan [2].
Ko‘rinib turibdiki, hamma variantlarda – faza simlari bir-biriga nisbatan nosimmetrik joylaShgan, demak liniya fazalari bo‘yicha parametrlar (L va S) bir hil emas.
Parametrlardagi bunday farqni yo‘q qiliSh uchun transpozitsiyalaSh ko‘llaniladi, ya’ni tayanchlarda sim fazalarining joylaShtiriSh o‘rnini davriy o‘zgartiriShdir.
Izolyatorlar va liniya armaturalari. Izolyatorlar forfor yoki piShiq ShiShadan tayyorlanadi, ya’ni atmosfera ta’sirida yuqori mexanikaga ega materiallardan tayyorlanadi. Izolyatorlar ikki turga bo‘linadi; Shitirli –1kV va 6-35 kV li liniyalar uchun; 35 kV li liniyalarda kam iShlatiladi;osma–35 kV dan yuqori liniyalar uchun. Osma izolyatorlar Shtirliga nisbatan ancha yuksak mexaniq xususiyatlarga egadir. Ular 35kV va undan yuqori kuchlaniShli HLlarida qo‘llaniladi. PF (osmali chinni) yoki PS (osmali ShiSha) izolyator hillari toza atmosfera xollarida qo‘llaniladi [1].
Osma izolyatorlar tutib turuvchiga (simlarni oraliq tayanchlarga maxkamlaSh uchun) va tortib turuvchi (simlarni ankerli tayanchlarga maxkamlaSh uchun) tizimlarga yig‘iladi. Tizimlardagi izolyatorlarning soni liniyaning kuchlaniShiga, atmosferaning ifloslaniSh darajasiga, tayanchning materialiga va izolyatorning turiga bog‘liq. YUzaki deyiSh mumkin: 35kV uchun-3ta izolyator; 110 kV 6-8ta, 220 kV 10-14: 330 kV 15-20ta: 500 kV 20-25ta.
Osma girlyandlarda sim faqat qisqichlarda uShlab turiladi, cho‘zilmalilarda mahkam qotiriladi. CHo‘zilmali grilyandlar uShlab turuvchilarga qaraganda ancha qiyin Sharoitda bo‘liShadi . SHuning uchun 110 kV gacha bo‘lgan liniyalarda (izolyatorlarning soliShtirma soni katta bo‘lmaganda) cho‘zilma girlyandlarda izolyatorlar soni katta bo‘lmaganda bittaga ko‘p bo‘ladi. YUqori yaShin qaytaruvchi yog‘och tayanchli liniyalarda izolyatorlar soni 1 ga kam bo‘ladi. SHtirli izolyatorlar tayanch ustuni bilan izolyatorni bog‘lovchi ilgak orqali tortiladi.
Izolyatorlar simlarni tayanchlarga maxkamlaSh uchun va kuchlaniSh ostida simlar bilan tayanchlar orasida kerakli izolyasiya oralig‘i hosil qiliSh uchun iShlatiladi. SHiShali izolyatorlar chinniga nisbatan yuqori mexaniq mustaxkamlikka kichik og‘irlikka ega va iShlatiShda, ko‘z bilan nazorat kilib nuqsonlarini topiShda osondir. Hozirgi vaqtda o‘ta yuqori kuchlaniShli H.L.larida izolyasiya qiladigan elementiga faqat toblangan ShiShadan tayyorlangan izolyatorlar o‘rnatiladi.
YAxmalak, Shamol, momoqaldiroq natijasida simlarning o‘ynaShi, tebraniShi, yog‘och tayanchlarining yoniShi va boShqa sabablar HLning ShikastlaniShiga va istemolchilarning energiya taminotidan uziliShga olib keliShi mumkin. Bunday noxuSh xolatlarni yo‘q qiliSh uchun maxsus vositalar ko‘llaniladi: TebraniShlar so‘ndirgichi, chaqmoqdan saqlanuvchi trosslar va boShqalar. Trosslar liniyani yaShinning to‘g‘ri zarbalaridan (liniya yakinida) himoyalaydi va liniyaning aloqa simlariga ta’sirini kamaytiradi
Izolyatorlar HL hamda elektr stansiyalari va nimstansiyalari taqsimlovchi qurilmalarini izolyasiyalaSh va mahkamlaSh uchun xizmat qiladi. ular sopol yoki toblangan ShiShadan yasaladi. TuziliShi bo‘yicha izolyatorlar Shtirli va osma izolyatorlarga bo‘linadi.
SHtirli izolyatorlar 10 kV gacha kuchlaniShli HLda foydalaniladi (2.10a-rasm). Izolyatorlarni Shartli belgilaniShidagi harflar va sonlar quyidagilarni bildiradi: SH – Shtirli; F –chinnidan yasalgan (farforovыy); S – ShiShadan yasalgan (steklyannыy); son – nominal kuchlaniSh, kV; so‘nggi harf (A, B, V) – izolyatorning tuziliSh sinfi.
Tarelkasimon osma izolyatordan foydalaniSh 35 kV va undan yuqori kuchlaniShli HLlarida keng qo‘llaniladi. Osma izolyatorlar (2.1.10 b-rasm) sopol yoki ShiShadan yasaluvchi izolyasiyalovchi qism 1 va metall qism – Shapka 2 va sterjen 3 hamda izolyasiyalovchi qism bilan tutaShtiruvchi sement bog‘lamasidan taShkil topgan. Bu tipdagi izolyatorning Shartli belgilaniShidagi harf va sonlar quyidagilarni bildiradi: P – osma (podvesnoy); F (S) – chinni yoki ShiShadan tayyorlangan; G – ifloslangan tumanlar uchun; son – izolyator sinfi, kN; A, B, V – izolyatorning tuziliSh sinfi.

a) b)
2.1.10-rasm. SHtirli va osma izolyatorlar.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling