Simmetriya o'qqa nisbatan simmetriya
Download 0.54 Mb.
|
реферат симметрия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tengdosh shakllar.
Y UZ HAQIDA TUSHUNCHA.
1. Yuz haqida tushuncha. Shakllarning yuzlarini aniqlash masalasi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu masalani insonlarning amaliy faoliyati taqozo qilgan. Har qaysimiz kundalik turmushimizda yuz haqida bir muncha tasavvurga egamiz. Biz endi shaklning yuzi to'g'risidagi tushunchalarni aniqlash va uni oichash usullarini topish bilan shug'ullanamiz. Agar geometrik shaklni chekli sondagi yassi uchburchaklarga bo'lish mumkin bo'lsa, bu shakl sodda shakl deyiladi. Biz yassi uchburchak deb tekislikning uchburchak bilan chegaralangan chekli qismini aytamiz. Qavariq yassi ko'pburchak sodda shaklga misol bo'-ladi. Bu ko'pburchak o'zining biror uchidan chiqqan diagonallari bilan yassi uchburchaklarga bo'linadi (90- a rasm). Bu paragrafda faqat yassi ko'pburchaklarni qaraymiz va shu sababli «yassi» so'zini qaytarmaymiz. Yuz — bu musbat miqdor (kattalik) boiib, uning son qiymati quyidagi asosiy xossalarga (aksiomalarga) ega: х о s s a . Teng uchburchaklar teng yuzlarga ega. x о s s a. Agar ко 'pburchak bir-birini qoplamaydigan ко pburchaklar-dan tashkil topgan bo'lsa, и holda uning yuzi bu ko'pburchaklar yuzlarining yig'indisiga teng bo'ladi. F ko'pburchak bir-birini qoplamaydigan ko'pburchaklardan tashkil topgan dcgani: 1) F bu ko'pburchaklar yig'indisidan iborat va 2) bu ko'pburchaklardan hech qaysi ikkitasi umumiy ichki nuqtalarga ega emas. Masalan, 90- b, d rasmda bir-birini qoplamaydigan ko'pburchaklardan tuzilgan ko'pburchaklar tasvirlangan. 2. Tengdosh shakllar. Agar ikkita ko'pburchakning yuzlari teng bo'lsa, ular tengdosh ko'pburchaklar deb ataladi. 91- rasmdagi ko'pburchaklar tengdoshdir. Teng ko'pburchaklar tengdoshdir (1-xossa), ammo teskari tasdiq, umuman aytganda, to'g'ri bo'lmaydi: agar ikki shakl tengdosh bo'lsa, bundan ularning tengligi kelib chiqmaydi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling