Simsiz tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari


I-BOB. SIMSIZ TARMOQLARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI


Download 114.96 Kb.
bet2/14
Sana07.08.2023
Hajmi114.96 Kb.
#1665656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Simsiz tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari-fayllar.org

I-BOB. SIMSIZ TARMOQLARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

    1. Simsiz tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari


tuzilishi va ishlashi


Koʻp yillar davomida alohida-alohida mavjud bo’lgan telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari asta-sekin telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuterlar va turli xil ommaviy axborot vositalarining yaqinlashuvi jarayonlariga asoslangan infokommunikatsiyalarning yagona dunyosiga aylana boshladi. Bir tomondan, IP-tarmoqlar rivojlanishi, mobil tarmoqlarning keskin o’sishi, multimediya kompyuter texnologiyalarining tarqalishi va foydalanuvchilarning tarmoq turlaridan qat’iy nazar keng ko’lamdagi xizmatlarga kirish istagi infokommunikatsiyalarning rivojlanishida asosiy omil bo’lib qolmoqda.

Soʻnggi o’ttiz yil mobaynida global infokommunikatsiya sohasiga xos bo’lgan chuqur oʻzgarishlarning sabablari, birinchi navbatda infokommunikatsiya va texnologik taraqqiyot sohasida tartibga solish tamoyillari o’zgarishi bilan bir qator muhim omillar bilan belgilanadi. Telekommunikatsiya va jahon iqtisodiyotining globallashuvini tartibga solish va liberallashtirish raqobat muhitini yaratishga olib keladi, shuningdek, mikroelektronika, dasturiy ta’minot va optik-tolali texnologiyalar sohasida erishilgan yutuqlar axborotni uzatish, tarqatish va qayta ishlashning yangi printsiplari paydo bo’lishi va yangi xizmatlarni rivojlantirishni belgilaydi.


Infokommunikatsiyalarda konvergentsiya bugungi kunda ko’plab sanoatni, ko’plab texnologiyalar, ko’plab kompaniyalarni qamrab olgan va deyarli barcha oxirgi foydalanuvchilarga ta’sir ko’rsatuvchi megatrend sifatida qaralmoqda. Ushbu ta’rif telekommunikatsiya, axborot va media texnologiyalari, ko’ngil ochar sanoati va iste’molchilar uchun barcha yo’nalishlarida IP protokoli stekining tobora jadal ravishda qo’llanilishiga asoslanadi. IP-dan foydalanish keng polosali ulanish va ilg’or simsiz texnologiyalar bilan bir qatorda har qanday ma’lumotga uzluksiz kirish, istalgan vaqtda, biron-bir qurilmadan foydalanish imkonini beradigan umumiy poydevor yaratdi. Bunday sharoitlarda konvergentsiya haqiqatga aylanadi. Shubhasiz, bugungi kunda ham sanoat, ham texnologiya bir-biriga birlashgan konvergentsiya qilingan ko’plab xizmatlarni taqdim etishga imkon beradi. Texnologik konvergentsiya turli xil texnologik tizimlarning umumiy muammolarni hal qilishda rivojlanish tendensiyasi sifatida tavsiflanadi. Konvergensiya, ilgari alohida texnologiyalar (masalan, telefon, ma’lumot va video orqali ovoz) resurslarni ulashib, bir-biri bilan o’zaro munosabatlarga ega bo’lgan va sinergetik asosda yangi ta’sir yaratadigan vaziyatga bog’liq bo’lishi mumkin. Konvergentsiya, oxir-oqibatda, "har qanday vaqtda, har qanday joyda, har qanday qurilmada" ma’lumotlarga kirishga qodir bo’lgan yangi paradigma paydo bo’lishiga ta’sir qiladi. Yaqinlashuv, shaxslararo muloqot, odamlar uchun kontent va kontentga kirish kabi ko’plab yangi xizmatlarning rivojlanishini aniqlaydi.
Bugun insonlar axborot va kommunikatsiya muhitlarining ko’p qatlamli dunyosi bilan o’ralganmiz. Axborot almashishning barcha usullari texnologiyaning yangi talablariga javob berish uchun doimiy ravishda o’zgarib turadi. Konvergensiya Internetni rivojlantirish va ommalashtirishdan kelib chiqqan hisoblash va boshqa axborot texnologiyalarining, media kontenti va telekommunikatsiya tarmoqlarining o’zaro aloqasi sifatida tavsiflanadi. Xizmatlarning yaqinlashuvi butunlay oxirgi foydalanuvchining malakasi va tajribasini takomillashtirishga qaratilgan. Tarmoq yaqinlashuvi operatorlarga xizmatlarga va ilovalarga yaxshiroq kirish imkonini beradi. Terminalning yaqinligi terminallarni birlashtirishga, bir nechta ilovalar va funktsiyalarni bitta qurilmada birlashtirishga qaratilgan. Nihoyat, axborot-kommunikatsiya sohasining turli tarmoqlarining yaqinligi yangi bozor tuzilmalarini va oxirgi foydalanuvchining qiymatini oshirish yo’llarini shakllantiradi.
Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshi sifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda..

Download 114.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling