Simsiz tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari


II-BOB. LTE TARMOG‘I KANAL SATHI MODELINI SIFAT TAHLIL ETISH


Download 114.96 Kb.
bet6/14
Sana07.08.2023
Hajmi114.96 Kb.
#1665656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Simsiz tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari-fayllar.org

II-BOB. LTE TARMOG‘I KANAL SATHI MODELINI SIFAT TAHLIL ETISH
2.1. LTE tarmog‘i kanal sathi
3GPP Long Term Evolution (3GPP LTE, inglizchadan “3GPPning uzoq muddatli rivojlanish loyihasi”) - ma’lumot uzatish tezligi bo‘yicha kelgusidagi talablarni qondirishga qaratilgan UMTS standartini takomillashtirish loyihasining to‘liq nomidir. Ushbu takomillashtirishlar, masalan, tizimning samaradorligini oshirish, javob kechikishini qisqartirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish, shuningdek, mavjud mobil aloqa texnologiyalari bilan integratsiyani yaxshilash bo‘lishi mumkin.

3GPP LTE standartida ma’lumot uzatish tezligi nazariy jihatdan “pastga” liniyada (ingl. Download) 326,4Mbit/sek gacha, “yuqoriga” liniyada esa (ingl. Upload) 172,8Mbit/sek gacha etishi mumkin (3GPPning 8 relizi uchun). Shuningdek, LTE tizimida javobning kechikish vaqtini (ya’ni so‘rovni jo‘natish va javobni olish orasidagi vaqt) qisqartirishga erishildi. LTE tizimida polosaning ishchi kengligi o‘zgaruvchan bo‘lib, u 1,25MGs dan 20MGs gacha bo‘lishi mumkin (tarmoq 450MGs dan 2,6GGs gacha bo‘lgan keng chastotalar diapazonda ishlay oladi). LTE to‘liq kanallarni paketli kommutatsiyalash asosida quriladi, iktalik uzatish rejimi (ingl. Dual Transfer Mode - DTM) esa bir vaqtning o‘zida nutq va ma’lumot uzatish imkonini beradi2.


LTE texnologiyasi mavjud sotali aloqa tarmoqlari uchun to‘rtinchi avlod sari evolyusion o‘tishni ta’minlashi va operatorlarga tezligi yuqori va unumdor keng polosali ulanish mobil tarmoqlarini yaratish imkonini berishi, shu bilan birga, nafaqat ulanish tezligini oshirish, balki vazifalar turkumini ham kengaytirishga imkon berishi kutilmoqda.
3GPP Long Term Evolution (LTE) - mobil aloqa protokoli bo‘lib, kelajakda ma’lumotlar uzatish tezligiga bo‘ladigan ehtiyojni qondirish uchun UMTS standartini takomillashtirish bo‘yicha 3GPP loyihasi hisoblanadi. Ushbu takomillashtirish natijasida, misol uchun, aloqa samaradorligini oshirish, tarmoqlarni tashkil etishdagi xarajatlarni kamaytirish, taqdim etiladigan xizmatlar darajasini mukammallashtirish va kengaytirish, shuningdek, mavjud mobil va keng polosali aloqa protokollari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlab berish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 3GPP LTE standartida ma’lumot olishning nazariy tezligi 326,4 Mbit/sek, uzatishning tezligi esa, 172,8Mbit/sek gacha etishi mumkin.
LTE standartiga 2004 yilda asos solingan. Asosiy maqsad UTRA radioulanish (UMTS standartida foydalaniladigan) arxitekturasini optimizatsiyalash hamda 3GPP loyihasidagi uchinchi avlod tizimlaridan to‘rtinchi avlod tomon rivojlanishni ta’minlab berishga qaratilgan edi. Tadqiqotlarning boshlang‘ich bosqichidagi asosiy maqsadi ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishni ta’minlab bera oladigan fizik darajadagi texnologiyani belgilab olish edi. Asosiy variant sifatida ikki yo‘nalish taklif etildi: yo mavjud W-CDMA texnologiyasi asosidagi radiointerfeysni rivojlantirish, yoki OFDM texnologiyasi asosida ishlaydigan butunlay yangi radiointerfeysdan foydalanish. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida ushbu masalaning yagona echimi OFDM texnologiyasidan foydalanish bo‘ldi. LTE ning ilk spetsifikatsiyalari “3GPP ettinchi relizi” doirasida yaratilgan edi (ingl. 3GPP Release 7). 2008 yilning dekabr oyiga kelib, LTE tizimlariga qo‘yiladigan arxitekturaviy hamda funksional talablarni belgilab beradigan 3GPP standartlarining 8-relizi (ingl. 3GPP Release 8) tasdiqlangan edi (14.1-rasm).

2.1-rasm. LTE texnologiyasi rivojlanishining asosiy bosqichlari


3GPP loyihasi arxitektura tizimi bo‘yicha SA WG2 ishchi guruhi parallel ravishda “Tizim arxitekturasining evolyusiyasi” - SAE (ingl. System Architecture Evolution) ni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zining alohida tadqiqotlarini olib bordi. Ushbu guruhning asosiy maqsadi - 3GPP tizimini rivojlantirish yoki ma’lumot uzatish tezligini yanada oshirish, javob vaqtini kamaytirish, ma’lumotlarni paketlab uzatish kabi imkoniyatlarga ega hamda turli radioulanish texnologiyalarini - RAT (ingl. Radio Access Technology) qo‘llab quvvatlaydigan tizimlar strukturasini ishlab chiqish edi. SAE arxitekturasi ustida ishlar “3GPP tizimlari arxitekturasini rivojlantirish” shiori ostida 2004 yilning dekabr oyidan boshlangan edi. 2007 yilda “E-UTRA” deb nomlangan 3-avlod radioulanish texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli loyihasi texnik-iqtisodiy asoslash bosqichidan, ilk ma’qullangan texnik spetsifikatsiyalar bosqichiga o‘tdi va 2008 yilning oxiriga kelib, texnologiya tijorat maqsadlarida foydalanishga tayyor bo‘ldi.
Shu sababli mutaxassislar 3GPP ning yangi standarti va yangi arxitektura tizimiga nisbatan ko‘pincha LTE/SAE terminini qo‘llashadi.

Download 114.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling