Simsiz tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari


LTE model funksionalligiga qo‘yiladigan talablar


Download 114.96 Kb.
bet8/14
Sana07.08.2023
Hajmi114.96 Kb.
#1665656
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Simsiz tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari-fayllar.org

2.3. LTE model funksionalligiga qo‘yiladigan talablar

E-UTRA radioulanish texnologiyasi turli xil xizmatlarni amalga oshirish, shuningdek, Internetda ishlash, FTP fayllari bilan o‘zaro almashish, videoaloqa, IP bo‘yicha ovoz (VoIP), tarmoq o‘yinlari, “jonli” video, “push-to-talk” hamda “push-to-view” kabi bir qator xizmatlarni qo‘llab quvvatlaydi. Shu sababli, LTE tayanch stansiyalari va abonent qurilmalarida ma’lumot uzatish tezligi etarli darajada yuqori bo‘lishi kerak hamda funksionallikning asosiy mezoni sifatida javob kechikish vaqtini qisqa bo‘lishi zarur. 2.1-jadvalda LTE texnologiyasiga qo‘yilgan bir qator talablar keltirilgan:


2.1-jadval
LTE model funksionalligiga qo‘yiladigan talablar




Funksionallik


Talab qilinadigan qiymatlar

Ma’lumotlar uzatish maksimal tezligi, (20MGs polosa kengligida)


«pastga» kanalda: 100Mbit/sek dan kam bo‘lmasligi;


«yuqoriga» kanalda: 50Mbit/sek dan kam bo‘lmasligi kerak.

Abonentlarning mobillik darajasi


350-500 km/soat ga


Abonent uskunasining faol rejimga o‘tish vaqti (passiv holatidan aktiv holatga o‘tish vaqti)


100ms dan ko‘p emas


Javob kechikishi vaqti


10ms dan ko‘p emas


Tarmoq sig‘imi


Bir sotada abonentlar soni 200 tadan kam bo‘lmasligi kerak (5MGs polosa uchun)


Radioqamrov zonasi (sotaning o‘lchami)


5 - 100km gacha, (ammo 30km dan ortiq masofada og‘ishlar boshlanishini hisobga olgan xolda)


CHastota kanali kengligi (kanalning o‘tkazish polosasi)


1,4MGs; 3MGs; 5MGs; 10MGs; 15MGs va 20MGs.



LTE tizimi uchun maksimal o‘tkazish polosasi uzatish va qabul qilishda 20MGs bo‘lishi kutilmoqda. O‘z navbatida, xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar 2.1-jadvalda sanab o‘tilgan istalgan kenglikdagi kanallardan birini tanlashlari mumkin. Bu esa, provayderlarga ularda mavjud radiochastota resurslariga qarab, o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda abonentlarga xizmatlar taklif etish imkoniyatini beradi va bosqichma-bosqich radiochastota resurslarini ko‘paytirgan holda o‘z tarmoqlarini kengaytirishlarini ta’minlaydi.

Jadvalda ko‘rsatilgan talablardan tashqari, LTE standarti oldiga tizimning umumiy qiymatini va iste’mol quvvatini kamaytirish hamda tizimning aks moslashuvchanligini va UMTS tizimlaridan samarali o‘tishni ta’minlash kabi talablar qo‘yilgan. Bunda LTE texnologiyasi 3GPP tarmoqlari bilan, “6-reliz”dan boshlab, (HSDPA, HSUPA, HSPA+ larni o‘z ichiga oladi) moslashuvchanlikni to‘liq ta’minlashi kerak. “Broadcast” va “multicast” xizmatlari (barcha yoki ko‘p sonli abonentlarga keng qamrovlik uzatish) ni takomillashgan turlarini, IP-protokollarining turli versiyalari (IPv4 va IPv6) ni, uzluksiz xizmat sifati - QoS ning takomillashgan usullarini qo‘llash, shuningdek, tarmoq arxitekturasida variantlar soni hamda rezervlash funksiyalarining qisqartirilishi kabi imkoniyatlar ham LTE standartiga qo‘yiladigan talablar sirasiga kiradi.


LTE tizimlarining spektral samaradorligi “pastga” yo‘nalishda HSDPA texnologiyasiga nisbatan 3-4 marta yuqori bo‘ladi, “yuqoriga” yo‘nalishda esa, HSUPA texnologiyasiga nisbatan 2-3 marta yuqori bo‘ladi. LTE da “xendover” jarayoni ikkinchi avlod darajasida kanal kommutatsiyasi asosida ishlaydigan tarmoqlardagiga nisbatan vaqt jihatidan ancha qisqa bo‘ladi. Bundan tashqari, LTE hamda 2G/3G tarmoqlari orasidagi “xendover” uzluksiz amalga oshadi.
LTE tarmoqlaridagi axborot xavfsizligi darajasi (autentifikatsiya, identifikatsiya, ma’lumotlarni shifrlash) hozirda mavjud bo‘lgan paketli va kanalli kommutatsiyaga asoslangan 3GPP tarmoqlarinikidan past bo‘lmasligi kerak. Autentifikatsiya jarayoni tarmoqqa ulanish texnologiyasi va turiga bog‘liq bo‘lmasligi lozim.
Yuqorida takidlab o‘tilganidek, struktura jihatdan LTE/SAE tizimi arxitekturasini oldingi avlod mobil aloqa tizimlaridagi kabi ikki sathga bo‘lish mumkin: radioulanish tarmog‘i - RAN hamda tayanch tarmog‘i - CN.

2.3-rasm. LTE/SAE tizimi arxitekturasi


LTE/SAE tizimi arxitekturasini soddalashtirish maqsadida hozirgi kunda uni 2.3-rasmda keltirilgan kabi variantda qabul qilishgan. Bu rasmda LTE tizimining asosiy tarmoq tugunlari va interfeyslari birgalikda keltirilgan.


Download 114.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling