Dars yakuni: 3 daqiqa.
O`quvchilar nazorat daftarlarini yig`ib olish;
Uyga vazifa: 2 daqiqa.
Sana: ___________________ 34
Sinf: 9
Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari.
Mavzu: Yakuniy takrorlash.
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarga Yakuniy takrorlash mavzusi bo`yicha bilim berish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Sizningcha Konstitutsiyaga o`zgartirishlar kiritish nimalarga bog`liq bo`ladi?
2. Nima deb o`ylaysiz, biron-bir o`zgartirishga ehtiyoj sezmaydigan nihoyatda mukammal
konstitutsiyalar ham mavjudmi?
3.Ayting-chi, barqaror amal qiluvchi Konstitutsiya ustunliklari nimalarda nomoyon bo`ladi?
4. Konstitutsiyaga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi masalani hal qilishda demokratik davlat
qanday yondashuvlarga amal qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |