Dars yakuni: 3 daqiqa.
Uyga vazifa: 2 daqiqa.
Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish.
Sana: ____________________ 7
Sinf: 10
Fan: Davlat va huquq asoslari.
Mavzu: “O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari”
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarga “O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari” mavzusi bo`yicha bilim berish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Shakllantiriladigan kompetensiyalar: TK1. TK2. TK3. TK4. TK5. FK1. FK2.
Ko`rgazmalilik: 10 – sinf “Davlat va huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1.Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlariga nimalar kiradi?
2.Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish qanchalik muhim?
3. “Konstitutsiyaviy kafolat” degan tushunchaning mazmun mohiyatini tushuntirib bering.
4.O`zbekistonda inson huquqlarini qanday qo`shimcha milliy mexanizmlari yaratilgan? Ular qaysi
vazifalarni bajaradi?
5.Nima uchun insonga kasbiy bilimlar bilan birgalikda huquqiy bilimlar ham zarur?
6. “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
Do'stlaringiz bilan baham: |