Sinf: 10 Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu
Download 325 Kb.
|
10-sinf huquq konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sana
- Rivojlantiruvchi
- Yangi mavzuni bayoni: 35 daqiqa.
Dars yakuni: 3 daqiqa.
O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish; Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash; Uyga vazifa: 2 daqiqa. Mavzuni o`qib, mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish; Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish. Sana: ____________________ 9 Sinf: 10 Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu: Nazorat ishi – 1 Maqsad: Ta`limiy: o`quvchilarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni olgan bilimlaridan xulosalar chiqarishga o`rgatish; Ko`rgazmalilik: nazorat daftarlari, xarita, doska, bo`r. Dars turi: ochiq test, yopiq test, aralash; Dars uslubi: “ ko`p variantli” Darsning borishi: Tashkiliy qism: 5 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, nazorat daftarlarini o`quvchilarga tarqatish va ular e`tiborini nazorat ishini bajarishga qaratish. Yangi mavzuni bayoni: 35 daqiqa. I – variant 1. Yangi Konstitutsiyani ishlab chiqish masalasi O`zbekiston SSR Oliy Sovetining qaysi sessiyasida ko`rib chiqildi? A) 1990-yil 24-mart B) 1990-yil 20-iyun C) 1991-yil 31-avgust D) 1992-yil 8-dekabr 2. Qonunning butun kuchiga va cheksiz imkoniyatlariga ishonish - bu ……? A) Huquqiy nigilizm B) Huquqiy idealizm C) Huquqiy madaniyat D) Huquqiy ustuvorlik 3. 1992-yilgi Konstitutsiya …… birinchi o`ringa qo`ydi? A) davlatni B) insonni C) qonunni D) hokimiyatni 4. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bobi qanday nomlanadi? A) Davlat suvereniteti B)Xalq hokimiyatchiligi C) Konstitutsiya va qonunning ustunligi D) Tashqi siyosat 5. Davlat tomonidan o`rnatilgan va u tomonidan himoya qilinadigan barcha uchun majburiy bo`lgan hulq-atvor qoidalarining tizimi – bu…. ? A) huquqiy tartibot B) Konstitutsiyaviy huquq C) huquq D) Konstitutsiya 6. Davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi – bu……? A) hokimiyat B) jamiyat C) xalq D) davlat 7. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo`yicha Konstitutsiya komissiyasi qachon tuzildi? A) 1990-yil 20-iyunda B) 1991-yil 20-iyunda C) 1990-yil 24-martda D) 1991-yil 29-dekabrda 8. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-bobi qanday nomlanadi? A) Umumiy qoidalar B) Shaxsiy huquq va erkinliklar C) Konstitutsiya va qonunning ustunligi D) Fuqarolik 9. Demokratiyaning necha xil shakli mavjud? A) ikki xil B) uch xil C) to`rt xil D) bir xil 10.O`zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash to`g`risidagi masala nechanchi yilda hal etildi? A) 2005-yil 27-yanvarda B) 2006-yil 20-dekabrda C) 2010-yil 12-noyabrda D) 1995-yil 22-dekabrda 11. Tinchlikni va xavfsizlikni qo`llab quvvatlash maqsadida jahondagi 51 ta davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi qachon tasdiqladi? A) 1992-yil 2-mart B) 1946-yil 25-oktabr C) 1945-yil 24-oktabr D) 1948-yil 25-sentabr Download 325 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling