Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” “savol javob” usulida olib boriladi:
1.Nojo`ya harakat jinoyatdan nima bilan farqlanadi?
2.Ma`muriy kodeksda jazolarning qaysi turlari nazarda tutilgan?
3.Ma`muriy huquqbuzarlik mohiyatini tushuntiring.
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Ushbu darsni o`zlashtirib olish o`quvchiga:
Ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rish bosqichlarining ketma ketligi to`g`risida tasavvurga ega bo`lishga;
Ma`muriy ishni ko`rish ishtirokchilarining huquq va burchlarini bilib olishga;
Omma oldida so`zga chiqish ko`nikmalaringizni, huquqiy bilimlar va yuridik atamalardan foydalanish bilan o`z nuqtai nazaringizni isbotlash qobiliyatingizni isbotlash qobiliyatingizni takomillashtirishingizga yordam beradi.
Ma`muriy huquqbuzarlik ishini sudda ko`rish:
Ma`muriy huquqbuzarlik ishini sudda ko`rish fuqarolik jarayonidagi yakunlovchi bosqich hisoblanadi. Ayni shu bosqichda bunga vakolatli bo`lgan shaxs quyidagilarni aniqlashga majbur: ma`muriy huquqbuzarlik sodir etilganmi, mazkur shaxs uni sodir etishda aybdormi, u ma`muriy javobgarlikka tortiladimi, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og`irlashtiruvchi holatlar bormi, uning harakatlari bilan mulkiy zarar yetkazilganmi, agar yetkazilgan bo`lsa, unda qanday miqdorlarda va hokazo. Bundan tashqari, huquqbuzarlik maqsadi va sabablarini aniqlash lozim.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Aqliy hujum” “Aralash” savol javob usulida mustahkamlanadi:
1. Ma`muriy huquq qanday munosabatlarni tartibga soladi?
2. Ushbu huquq sohasi bilan qaysi tamoyillar birikadi?
3.Nimalar ma`muriy huquq manbalari hisoblanadi?
Dars yakuni: 3 daqiqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |