Sinf: 10 Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu
Download 325 Kb.
|
10-sinf huquq konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sana
- Rivojlantiruvchi
- Dars uslubi
- Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
- Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Dars yakuni: 3 daqiqa.
O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish; Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash; Uyga vazifa: 2 daqiqa. Mavzuni o`qib, mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish; Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish. Sana: ____________________ 12 Sinf: 10 Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu: Ma`muriy jazo va uning turlari. Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarga Ma`muriy jazo va uning turlari mavzusi bo`yicha bilim berish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Shakllantiriladigan kompetensiyalar: TK1. TK2. TK3. TK4. TK5. FK1. FK2. Ko`rgazmalilik: 10 – sinf “Davlat va huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” “Aralash” Darsning borishi: Tashkiliy qism: 2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” “savol javob” usulida olib boriladi: 1.Nojo`ya harakat jinoyatdan nima bilan farqlanadi? 2.Ma`muriy kodeksda jazolarning qaysi turlari nazarda tutilgan? 3.Ma`muriy huquqbuzarlik mohiyatini tushuntiring. Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: Huquqiy javobgarlikning maqsadi nafaqat huquqbuzarlikni oldini olishdan balki insonni tarbiyalash, uni o`zining noqonuniy xatti-harakati xavfini anglashiga ko`mak berishdan iboratdir. Ma`muriy javobgarlikka jinoyat uchun emas, balki nojo`ya harakat uchun tortiladi. Jinoyat ham, nojo`ya harakat ham aybli g`ayriqonuniy harakat yoki harakatsizlikdan iboratdir. Ma`muriy nojo`ya harakat deganda jamoatga tajovuz qiluvchi g`ayriqonuniy xavfli harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ma`muriy jazoning turlari: 1.Jarima. 2. Ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo`lgan ashyoni haqini to`lash sharti bilan olib qo`yish; 3. Ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo`lgan ashyoni musodara qilish; 4.Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; 5.Ma`muriy qamoqqa olish; Download 325 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling