Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi:
1.Oila va jamiyat.
2. Oila davlat himoyasida.
3.Nikohdan o`tish shartlari.
4.Bola huquqlari.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi:
1.Nima uchun konstitutsiyaviy huquq normalari bilan oila jamiyatning negizi deb e`tirof etiladi?
2.Oila-nikoh munosabatlarining huquqiy asoslarini sanab bering.
3.Ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlarini sanang.
4.Qaysi hollarda nikoh qayd etilmasligi mumkin?
Dars yakuni: 3 daqiqa.
Uyga vazifa: 2 daqiqa.
Sana: ____________________ 18
Sinf: 9
Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari.
Mavzu: O`zbekiston Respublikasining ma`muriy - hududiy va davlat tuzilishi.
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarga O`zbekiston Respublikasining ma`muriy - hududiy va davlat tuzilishi mavzusi bo`yicha bilim berish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Do'stlaringiz bilan baham: |