Sinf 5 “a” 5 “b”
IV. Mavzuni mustahkamlash
Download 1.71 Mb.
|
5-sinf INFORMATIKA konspektlari 1-17 dars.
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Darsni yakunlash: VI. Uyga vazifa berish
- 10-dars. PAINT DASTURI HAQIDA Darsning maqsadi: Ta`limiy
- Dars turi
- Darsning borishi: I. Tashkiliy qism
- Paintni ishga tushirish Paint
IV. Mavzuni mustahkamlash: Amaliy mashqlar bajarish. 1-mashq. Kalkuiator dasturini ishga tushirib, amallar ketma-ketligini bajaring va natijani yozib oling: a) 123 + 670:8? b) 34-55 + 100 d) 1229 : (785 + 444) e) 11 • 11-21 f) 67-44:22 g) 81 : 3 • 27 h) 120021-2033 i) 400 : 4 • 200 2-mashq. Kalkuiator xotirasi bilan ishlashga doir quyidagi mashqlarni bajaring va natijani yozib oling: a) (43 • 43) + (35 : 5) b) (21 • 11) + (3 • 2) d) (5:5) + (67 • 7) e) 45 + (9 • 3-7)
«Kalkulator»ning vazifasini tushuntirib bering. «Kalkulator» dasturi qanday ishga tushiriladi? «Kalkulator» dasturi. interfeysi qanday qismlardan tashkil topgan? «MS» tugmasi vazifasini tushuntirib bering. «MC» tugmasi bilan «CE» tugmasining farqini tushuntiring. «M+» tugmasining vazifasi nimadan iborat? V. Darsni yakunlash: VI. Uyga vazifa berish: 9- darsni o‘rganish. 1-3 mashqlarbajarish.
10-dars. PAINT DASTURI HAQIDA Darsning maqsadi: Ta`limiy:- O‘quvchilarga grafik muharrirlar haqida tushuncha berish, PAINT grafik muharriri interfyesini o‘rganish. Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo‘naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning kompyuter, informatika fani haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Dars turi: yangi bilim beruvchi. Dars metodi: suhbat, klaster, aqliy hujum Darsda foydalaniladigan jihozlar: kompyuterlar, slaydlar, tarqatma materiallar, rasmlar, plakat. Darsning rejasi: I.Tashkiliy qism: II. O’tilganlarni takrorlash: III. Yangi mavzuni tushuntirish IV. Mavzuni mustahkamlash: V. Darsning yakunlash: VI. Uyga vazifa berish. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish. 2. Sinfning darsga xozirligini nazorat qilish. 3. Davomatni anqlash. II O’tilganlarni takrorlash III. Yangi mavzuni o‘rganish: Kamoliddin Behzod , Leonardo da Vinchi, Klod Mone, Pikasso kabi buyuk mo'yqalam ustalarining san'at asarlari esa san'at olamining bebaho meroslari qatoridan joy egallagan. Rassomlar o'z asarlarini polotno deb nomlangan matoda yoki qog'ozda mo'yqalam yordamida yaratishgan. Ular o'z asarlarini yaratayotganlarida biron-bir xatoga yo'l qo'yishsa, barcha ishini yangitdan boshlashga majbur bo'lganlar. Lekin, kompyuter yordamida rasm va tasvirlarni chizish jarayonida xatolikka yo'l qo'ysangiz, qog'oz va polotnolarni tashlab yuborishga ehtiyoj bo'lmaydi. Kompyuter dasturi sizga qayta va qayta yangi rasmlarni chizish imkonini beradi. Kompyuter texnikasining vujudga kelishi bu yo'nalishda yangi imkoniyatlarni yaratib berdi va «kompyuter grafikasi» tushunchasi vujudga keldi. Kompyuter grafikasi — kompyuter texnologiyalarining bir qismi bo'lib, uning imkoniyatlaridan foydalanib tasvirlarni kompyuter va maxsus dasturlar yordamida yaratishdir. Grafik muharrirlar kompyuterda grafik tasvirlarni yaratish va qayta ishlash uchun moijallangan amaliy dasturlardir.
Paint grafik muharriri Paint — Windows muhitida ishlovchi grafik muharrir hisoblanib, quyidagi imkoniyatlarga ega: qalam, mo'yqalam, purkagich yordamida rasm, tasvirlar yaratish, ularni turli ranglarga bo'yash; to'g'ri chiziq, egri chiziq, ellips, to'rtburchak yordamida turli shakllar yaratish, ichki sohani bo'yash; rasmlarni o'zgartirish, burish va nusxalash; rasmli fayllarni yuklab olish, ularga o'zgartirish kiritish; ixtiyoriy sohani qirqib olish; rasmlarni saqlab qo'yish Paintni ishga tushirish Paint dasturini ishga tushirish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish mumkin: 1-usul. «Sichqoncha» yordamida ish stolida |i?j tugmasi ishga tushiriladi va quyidagi ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi Sarlavha satri — dastur nomi va fayl nomi yozilgan ko'k rangli panel. Yangi ochilgan fayl nomi «Be3biMfltnibiH» (nomsiz) holatida bo'ladi. Menyu satri — dastur bilan ishlashjarayonidazarurbo'lgan asosiy buyruqlar ro'yxati. Unga 0am (Fayl), lipoma (Talirir), Bud (Ko'rinish), PucymK (Rasm), IlaAumpa (Ranglar majmuyi), Cnpaeua (Ma'lumot) bo'limlari kiradi Holat satri - Holat satri «sichqoncha» ko'rsatkichining ish maydonida turgan joyiga mos nuqtalar o'rnini va chizilayotgan shaklning piksellardagi kattaligini ko'rsatib turadi. Paint ish maydonining chegarasi 8600x500 piksel (nuqta)ga teng. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling